63
67-mashq.
Badiiy va ilmiy-ommabop matnda o‘rikka
berilgan tav-
siflarni qiyoslang. Nutqning boylik sifati qaysi uslubda
ahamiyatliligini tushuntiring.
O‘rik
Qantak o‘rik
Mag‘izimga
berkitgan
Otim bor,
Qandim bor,
Xo‘p mazali
Novvotim bor.
Totim bor.
(E. Vohidov)
O‘rik
O‘rik – ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali o‘simlik. Vatani –
O‘rta Osiyo. O‘zbekistonda, asosan, oddiy o‘rik turi ekiladi.
Mevasi etli,
yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish;
danagidan ajraladigan, ajral-
maydigan
xillari bor; shirin, shirinnordon. O‘rik – yaxshi asal beruvchi
daraxt.
(O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi)
68-mashq.
Gaplarni o‘qing. Nutqning boyligini ta’minlayotgan bir-
liklarni izohlang.
1. Juda ishni ko‘ngling
tusagan ekan, ana, ko‘cha-ko‘yda nechta gazet
sotadigan kioska bo‘sh yotibdi, o‘shanga
ishga kir,
Do'stlaringiz bilan baham: