62-mashq.
Matnni o‘qing. Leksik va sintaktik ma’nodoshlikning nutq
boyligini ta’minlashdagi ahamiyatini tushuntiring.
O‘shanda his-hayajonga bandi bo‘lgan Erman qasam zamiridagi o‘ta
og‘ir, o‘ta zalvarli yukni dastlab to‘la his etmagan, guldor kigiz ustida
bamisoli baqadek tosh qotib o‘tirgan, hayratdan tosh qotgan Itolmasning
behad quturishini va uning g‘azabkor bo‘kirishidan tog‘lar boshi ko‘chib,
olam ostin-ustun bo‘lib ketishini kutgan. Biroq u kutgan hol yuz ber-
ma
di – Itolmas quturmadi. U biror muddatdan so‘ng xayolini jamlab,
jilovlab, avvaliga nimtabassum qildi, so‘ng kuldi. (N. Norqobilov)
Do'stlaringiz bilan baham: |