25-mashq.
Berilgan gaplardagi tinish belgilari me’yorlariga amal qilin-
magan o‘rinlarni aniqlang va ularga izoh bering.
1. Chol salmoqlab gap boshladi: – E, xotin o‘lmaydigan odam bormi?
(Said Ahmad) 2. Orif aka saratonning jazirama, kunlaridan birida, Er-
gashga bergan va’dasiga muvofiq, bog‘lardan xabar olgani Ko‘ykiga chiqib
ketdi. (Asqad Muxtor) 3. O‘zingiz xabar bermaysizmi ishqilib? – Matkari-
mov xezlanib o‘rnidan turib ketdi. (Asqad Muxtor) 4. Kimingiz bo‘ladi,
bu xotin? – deb so‘radi dabdurustdan. (Tohir Malik) 5. Yigitdan tayinli
javob ololmasligini bilsa ham yana so‘radi: – Kim telefon qilgandi? –
Bilmadim, mehmon kelibdi shekilli... (Tohir Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: |