24-mashq.
Tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling, ular ifoda-
layotgan ohang va mazmunni izohlang.
1. Bozorqul aka, nima bo‘ldi? – dedi ko‘ziga tikilib. – Hech gap
yo‘q... Hech... Hech... hech nima bo‘lgani yo‘q, – dedi tutilib. (Asqad
Muxtor) 2. Yo‘q, yo‘q, nega, bezak, bezak! Buni endi hamma shun-
day biladi. (Asqad Muxtor) 3. Xiylagina qizib qolgan «yubilyar» tuyqus-
dan stolni urib qichqirdi: «O‘v student! Bas qilasanmi, yo‘qmi?!» (Erkin
A’zam) 4. Ro‘molcha-a! Qani meni ro‘molcham?! Ro‘molchamni topib
ber, Dezdemona! – O‘zingni bos, Otello! Ro‘molchangni yaxshilab yuvib,
dazmollab qo‘yganman. (Erkin A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |