Bog'liq Ona tili. 11-sinf (2018, N.Mahmudov, Y.Odilov) (1)
76 qildan qiyiq axtarmoq Yomon niyat bilan deyarli aybi yo‘q
odamning faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq. Varianti: qildan qiyiq qidirmoq. Ma’nodoshi: tirnoq orasidan kir izlamoq. qora terga botmoq Haddan tashqari zo‘r berish natijasida mo‘l-
ko‘l terlamoq. Varianti: qora terga tushmoq. 1. Nutqning ifodalilik sifatini tavsiflang.
2. Nutqning ifodalilik sifatiga qaysi uslubda ko‘proq ehtiyoj seziladi?
3. Qaysi nutqiy uslubda ifodalilik sifati u qadar muhim
emas?
4. Til estetik vazifasining amalga oshishida nutqning qaysi kommu-
nikativ sifati favqulodda muhim o‘rin tutadi?
5. Nutq ifodaliligini yuzaga chiqarishda so‘z va ibora ma’nodoshligi
qanday ahamiyat kasb etadi?