Bog'liq Ona tili. 11-sinf (2018, N.Mahmudov, Y.Odilov) (1)
101-mashq. Sifat turkumiga mansub bir necha so‘zni quyida berilga-
nidek qarama-qarshi ma’nolarda qo‘llab gaplar tuzing.
Namuna: Sen yaxshisan, Men yomondirman, Sen borsanki, Men
omondirman. (E. Vohidov) – Ja yaxshisan o‘zing ham, Yomonni yo-
monlama. Menga qara, ey odam, Zamonni yomonlama. (Iqbol Mirzo) Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
qo‘li kalta Imkoniyati cheklangan. Varianti: qo‘li qisqa. Zidi: qo‘li uzun. qo‘lini sovuq suvga urmaslik Qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo
qilmaslik. Varianti: qo‘lini sovuq suvga urdirmaslik. 1. Kinoyaning yuzaga kelishi haqida gapiring.
2. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida so‘zlang.
3. Iborani kinoyaviy qo‘llashga misollar keltiring.
87 4. Kinoyaviy qo‘llangan so‘z yozma nutqda qanday ajratilishi mumkin?
5. Og‘zaki nutqda kinoyaviy qo‘llangan so‘zning talaffuzini tu-
shuntiring.