86
100-mashq.
Berilgan gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
ma’nolariga diqqat qiling. Qaysi gaplarda so‘zlar kinoya
bilan qo‘llanganligini tushuntiring.
1. Ombor hovlisi birpasda qiy-chuv bo‘lib ketdi. Qayoqdandir Mir-
vosiq paydo bo‘lib qoldi. –
yashang
, ota! – dedi u. – Anchadan beri
qo‘lga tushirolmay yuruvdik. (O‘. Umarbekov) 2.
yashang
-e! Kalkulyator
olib hisoblab ko‘rsangiz ham bo‘lardi, hisobchi xonim! Nima gap so‘rasa,
bahonangiz tap-tayyor-a! (Erkin A’zam) 3. Kampir juda
dono
xotin edi.
Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to‘ladi deb,
qadrdon uyidan jilmasdi. (Said Ahmad) 4. Voy
dono
-ye! O‘zing-ku bir
institutni o‘n yilda zo‘rg‘a bitirding, endi odam qatoriga kirib, boshqalarga
aql o‘rgatadigan bo‘lib qoldingmi?! (Ahmad A’zam) 5. Shakuriy muallim
bolaning
burroligi
, zakovatidan behad quvondi. (Nusrat Rahmat) 6. Mulla
Ostonaquldagi zehn
burroligi
yetti yilda ham «Haftiyak»dan nari o‘tishga
yo‘l qo‘ymadi. (G‘afur G‘ulom)
Do'stlaringiz bilan baham: |