Ona tili-10 2017 70x90. indd


SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/161
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#210756
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161
Bog'liq
10 ona tili (@KitobUz bot)

57
SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI
USLUBIYATI
Topshiriq.
 
Berilgan gaplardagi shaxs-son shakllarini qaysi shaxs-son 
ma’nosida qo‘llanganligiga diqqat qiling.
1.  Borib so‘rasang, o‘shqirib beradi. Qo‘rqasan odam... (Cho‘lpon) 
2. O‘zicha bir balolarni javraydimi-yey! Qochib ketging keladi. (Erkin 
A’zam) 3. Xo‘p, dedik-ku, opovsi, bitta gapdan qolsak o‘libmizmi... 
(Sh. Boshbekov) 4. A’lo she’r! – dedim. – Shunaqa. Bo‘sh vaqt-
da yozamiz, – dedi u. (Sh. Xolmirzayev) 5. – Oxiridan kelavering, 
O‘rmonboy, bu yog‘ini bilamiz! – deydi Soli baqiroq betoqatlik bi-
lan.  (Erkin A’zam) 6. O‘libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz 
nozik, ha. (Tohir Malik)
Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini 
va bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Ammo bu qo‘shimchalar-
ning qo‘llanishida bir qator uslubiy holatlar mavjud, bu holatlarda 
muayyan uslubiy ma’nolar, ma’no nozikliklari yuzaga keladi.
Xususan, so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda birinchi 
shaxsning ko‘plik shakli shu shaxsning birligini ifodalash uchun 
qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi 
uslubiy ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Mana keldik, – dedi u 
ichki bir hayajon bilan. (Tohir Malik) Jahongir «Hozir ko‘ramiz» 
deb, boshqaruv stoliga qaytdi. (Tohir Malik) Bu maqolni biz ham 
bilamiz, – dedi Shoto‘ra. (Sh. Xolmirzayev)
Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va -siz 
qo‘shimchalarining qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iboratki, -siz 
hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga ham ixtisoslashgan, -san esa 
«senlash»ga ixtisoslashgan. Masalan: Mansur aka, mana, siz ham, 
harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz. (Sh. Xolmirzayev) Otingni 
qamchila, bo‘lmasa, quruq qolasan! (Said Ahmad)
Nutqda hurmatni va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifoda-
lash zaruriyati tug‘ilganda, -siz va -san qo‘shimchalariga -lar 
ko‘plik qo‘shimchasi ham qo‘shiladi. Masalan: Voy, bo‘ylaringiz-


58
ga tasadduq. Xush kelibsizlar. (Said Ahmad) Nima, hammang 
mum tishlaganmisanlar, nega javob bermaysanlar? (O‘. Umarbe-
kov)  Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shim 
chasi ham 
hurmat ma’nosini ifodalaydi, ayni paytda ko‘pchilikni «sizlash» 
ma’nosida  -inglar, ko‘pchilikni «senlash» ma’nosida esa -laring 
qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan: Sizlar ketave ringlar, orqalaring-
dan yetib boraman! (Abdulla Qahhor) Bu bolaga yetti yot begona 
edilaring-ku! Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab qoldila 
ringmi? 
Qani, jo‘nalaring! (Said Ahmad) 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish