Ona tili-10 2017 70x90. indd



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/161
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#210756
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161
Bog'liq
10 ona tili (@KitobUz bot)

SHeVAGA OID BIRLIKLAR VA 
eSKIRGAN SO‘ZLAR USLUBIYATI
1-topshiriq.
  O‘zingiz yashaydigan hududdagi adabiy tildan farqli so‘z 
va iboralarga misollar keltiring. 
Namuna:  1) shoti – adab. narvon.
2) patinjon – adab. pomidor. 
2-topshiriq.
  Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanidan olingan 
parchadagi ajratilgan so‘zlarning hozirda qo‘llanmaslik sa-
babini izohlang.
Choyni ichib bo‘lgandan keyin 
qutidor
 fotiha o‘qib o‘rnidan turdi:
– Men senga aytib qo‘yay, Kumush, – dedi turar ekan qutidor Of-
tob oyimga, – bu kunga bir mehmon aytkan edim. 
Cho‘ringni
 chiqarib 
mehmonxonani tozalat. Anovi yangi qop lagan ko‘rpalaringni ber, tanchaga 
o‘shani yopsin. 


32
Shevaga oid birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular 
milliy til unsurlari sanaladi. Shuning uchun bunday unsurlar ilmiy, 
rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi. 
Ammo ular oddiy (adabiy emas) so‘zlashuv va badiiy uslubda 
muayyan bir me’yorda ishlatiladi. Badiiy uslubda qo‘llangan shevaga 
oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi. 
Xususan, badiiy asarda qahramonning muayyan hududga mansubligi-
ni ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik tasvirini 
chizishga yordam beradi.
Shuningdek, shevadagi so‘z va adabiy tildagi so‘z ifodalagan 
tushun 
chalarda ayrim nozik farqlar mavjud bo‘lganda ham yozuvchi 
shevadagi so‘zni afzal ko‘rishi mumkin. Masalan, hassos so‘z ustasi 
Abdulla Qahhor bir qissasini «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nom-
lagan, adabiy tilda bu so‘zning muqobili «chittak»dir. Lekin «chittak» 
so‘zida qushning qo‘nimsizligiga ishora bor, «sinchalak»da esa uning 
nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador) ta’kidi mavjud, 
noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr 
bilan tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini ma’qul ko‘rgan.
Eskirgan so‘zlar ham badiiy va publitsistik uslublarda juda katta 
uslubiy qimmatga ega. Siz bilasizki, eskirgan so‘zlarning ikki turi 
mav jud: arxaik so‘zlar (dudoq – hozirgi muqobili lab;  meng – hozirgi 
muqobili  xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi) va tarixiy 
so‘zlar (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi). Tarixiy so‘zlar tarix 
mav 
zulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real tasvir-
lash maqsadi bilan qo‘llanadi. Arxaik so‘zlar matnga tarixiy kolorit 
berish bilan birga, zamonaviy mavzular yoritilgan badiiy va publitsistik 
asarlarda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish