Ona tili-10 2017 70x90. indd



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/161
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#210756
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161
Bog'liq
10 ona tili (@KitobUz bot)

15-mashq.
  Berilgan gaplarda so‘zlashuv uslubiga xos til birliklarini 
toping. Ulardagi salbiy va ijobiy baholarga asoslanib, 
so‘zlovchi shaxsi haqida mulohaza yuriting. 
1. Hoy, Sanobar, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki... Nima, 
Qo‘ldoshxo‘ja? Yomon bo‘lsin, deptimi? (Murod Mansur) 2. Ho‘, men 


19
o‘qigan hikoyang bor edi-ku, opkel, bosamiz. (Said Ahmad) 3. Hoy bo-
lam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. Ol, 
ol, xolang qoqindiq. (Murod Mansur) 4. Sharif akamni Maskovdan olib 
kelib... shu yerga qo‘ydik (Tohir Malik) 5. E, soching qursin! – derdi 
opasi. – Qo‘llarim tolib ketdi, sochingni o‘rdirishga odam yollash kerak. 
(Said Ahmad) 6. Attang, bizning serdsa chatoq-da. (Erkin A’zam) 7. Da
-
dasi, shu chigirtkalargayam odamning rahmi keladi-ya! (Sh. Xolmirzayev) 
8. Eb-ey, qiyshiq-ku! – dedi Hasan bobo. (Tog‘ay Murod)
16-mashq.
  Berilgan matndagi faqat og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos-
langan birliklarni aniqlab, ularga izoh bering. 
Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim 
bor? – degan ovozni eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib 
qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p yeb qo‘yganimdanmi, qimirlol-
may qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-da, joyimda 
turaverdim. Qancha turdim, bilmayman. Ko‘zimni ochsam, ro‘paramda 
qizil etik, oq yaktak kiyib, ustidan ko‘k qiyiqni bog‘lab olgan baland 
bo‘yli bir chol jilmayib turibdi. Qaltirab ketdim.
– Qo‘rqma, qo‘rqma, bolam, – dedi u mayin tovush bilan. – Uzum 
kerak ekan,  aytmaysanmi, o‘zim uzib berardim.
 Bunday muomalani men sira kutmagandim, yig‘lab yubordim. Ko‘zim-
dan oqqan yoshni artish uchun qo‘limni ko‘targan edim, ko‘ylagim ish-
tonbog‘imdan chiqib ketib, qo‘ynimdagi uzum yer bilan bitta bo‘ldi. 
Ammo chol e’tibor bermadi. Ko‘rgan bo‘lsa ham o‘zini ko‘rmaganlikka 
solib, meni yupata boshladi.
– Yig‘lama, nega yig‘laysan, tentak, – dedi u boshimni silab. – Bir 
bosh olibsanlar, ikki bosh olibsanlar, nima bo‘pti? Kamayib qoladimi? Qara, 
bu uzumlarni! Qancha, axir. Hammaga yetadi. Qani, bu yoqqa yur! – Chol 
qo‘limdan ushlab yetaklab ketdi. Bog‘ning o‘rtasidagi ishkomga kirdim. Ish-
kom to‘la yong‘oqdek-yong‘oqdek keladigan qora charos edi. 
–  Tuzukmi? – dedi chol menga qarab va kulib qo‘ydi. Ko‘kragiga 
tushib turgan qalin oppoq soqoli silkinib ketdi. – Tuzuk bo‘lsa, shundan 
uzib beraman. U qiyig‘iga osib qo‘ygan pichog‘ini qinidan sug‘urib uzum 
uza boshladi. 
– Mana, bolam, ol. O‘rtoqlaringga ham olib bor.
Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib, ko‘chaga yugurdim. Rahmat 
aytish ham esimdan chiqibdi. (O‘. Umarbekov)



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish