Ona tili-10 2017 70x90. indd



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/161
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#210756
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161
Bog'liq
10 ona tili (@KitobUz bot)

89
QO‘SHMA GAPLAR
USLUBIYATI
Topshiriq.
 
Berilgan qo‘shma gaplarda qismlar o‘rtasidagi sabab 
munosabatining aniq, ochiq va mantiqan ifodalanishini 
qiyoslang.
Barchamiz kitobni sevishimiz kerak, chunki kitob bilim manbayi 
hisoblanadi – Biz kitobni sevamiz: kitob bilim manbayi hisoblanadi.
Kitob bilim manbayi hisoblanadi, shuning uchun biz kitob ni sevishimiz 
kerak – Kitob bilim manbayi hisoblanadi: biz kitobni sevishimiz kerak.
Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar orasidagi mazmuniy 
munosabatlarni ifodalaydi, shu tariqa real olamdagi ikki voqea-
hodisa o‘rtasidagi aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat, maqsad, shart, 
to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma 
gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi vositalar ishtirok etishi 
yoki ishtirok etmasligi mumkin. Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga 
ko‘ra tegishli mazmun ifodasida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga 
keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo bo‘ladi. Ana 
shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy 
imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi. 
Ularning bog‘lovchili turida voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat 
aniq, ochiq va qabariq ifodalanadi, bog‘lovchisiz turida esa bunday 
emas. Masalan, quyidagi misolda sabab-oqibat munosabatining 
ifodalanishini qiyoslang: Til millatning bebaho mulki, shuning uchun 
uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati 
shaklan ochiq aks etgan) – Til millatning bebaho mulki: uni 
hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan 
aks etmagan).
So‘zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish 
imkoniyati chegaralangan, bu uslub qo‘llanadigan nutqiy sharoit ham 
bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun so‘zlashuv uslubida qo‘shma 
gaplarning, asosan, bog‘lovchisiz turi ishlatiladi.


90
Ilmiy va rasmiy uslublarda esa mazmunni to‘liq va aniq ifodalash 
ehtiyoji bilan qo‘shma gaplarning bog‘lovchili turi afzal ko‘riladi.
Badiiy va publitsistik uslublarda esa xilma-xil ma’no nozikliklari, 
uslubiy bo‘yoq, tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo‘shma gaplarning har 
ikki turi qo‘llanaveradi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish