35
2-topshiriq.
Berilgan so‘zlarning qaysi kasb-hunarga oidligini aniqlang.
O‘zingiz ham shunday so‘zlarga misollar keltiring.
Qolip, betlik, poshna, charm, shirach; sandon, dam, ko‘ra, bosqon,
bolg‘a; andava, mola, chaplama suvoq; iskana, randa, shovun, tesha.
Terminlar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida
ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir. Ular ilmiy
uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning
o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi.
Terminlar badiiy va publitsistik uslublarda tasviriy-uslubiy vosita
sifatida qo‘llanishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab
chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan soha bilan bog‘liq shaxs-
ning nutqiy xarakteris
tikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan
terminlar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin.
Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, durad-
gorlik, etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik,
temirchilik, pichoqchilik kabi bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivoj-
lanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar, tabiiyki, o‘ziga
xos so‘zlar bilan nomlangan, bunday so‘zlar kasb-hunar leksikasi nomi
bilan umumlashtiriladi. Ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy
matnlarning asosiy unsurlaridir.
Ayni paytda kasb-hunarga oid so‘zlar va iboralar badiiy va publit-
sistik uslublarda qo‘llanishi va tegishli sohaga daxldor hududiy o‘ziga
xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin.
Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vosita
laridan biridir.
Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va
rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun
qo‘llanadi. Masalan, qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq,
ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq kabi iboralar bunga misol bo‘la oladi.
Iboralarning aksariyati obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli
ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan
tilda yashaydi. Masalan: tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan
tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir
etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq kabi.
Badiiy va publitsistik, shuningdek, so‘zlashuv uslublarida iboralar xil-
ma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud
rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |