Ona tili 1-variant Qaysi javobda yasama o’rin-joy otlari berilgan?



Download 24,56 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi24,56 Kb.
#446872
Bog'liq
Ona tili 1-variant


Ona tili 1-variant
1.Qaysi javobda yasama o’rin-joy otlari berilgan?
A)sharqiy, g’arbiy B)olmazor, o’tloq C)do’koncha, o’yingoh D)guzar, mahalla
2.Qush negadir bo’ynini cho’zib tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda ,,tarak-tarak’’ degan ovoz eshitilardi. Ushbu gapda so’zlar imlosida nechta tovush tushgan?
A)2 ta B)1 ta C)4 ta D)3 ta
3.Qaysi qatordagi juftliklarda shakldosh qo’shimchalar qatnashgan?
A)qaram-onam, to’lat-ishlat, changi-boyi, javobing-keling
B)to’plam-bolam, uxlat-to’lat, jannati-chapani, chiqing-imkoning
C)orzum-ko’rdim, tarqat-ko’payt, chiqim-so’lim, dilin-ko’rin
D)baxtim-tilim, bo’yoq-taroq, sensiz-imkonsiz
4.Gapni cho’zma, chunki hayot qisqadir. Ushbu gapda qanday ma’no ko’chishi kuzatiladi?
A)metonimiya B)metafora
C)sinekdoxa D)vazifadoshlik
5.Qaysi javobda sonning ikki ma’no turiga oid birliklar qatnashgan?
A)To’rtko’z bo’lsa bizdan o’n qadamcha ilgariroqda chopib borar, goh bizga yaqin kelib, atrofimizda o’ynoqlar edi.
B)Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi.
C)Tanlariga sal qon yugurgan bolalar ikki yuz qadam yurar-yurmas uchinchi kechuvga duch kelishdi.
D)Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib ukasidan hol so’ragan edi.
6.Qaysi javobdagi barcha so’zlar noto’g’ri berilgan?
A)konstetutsiya, qasd, nisholda
B)maqsad, esdalik, komissiya
C)nisholla,estalik,komissiya
D)konstetutsiya, maqsad,qast
7.Qaysi gapda ham afiksatsiya, ham kompoziysiya usulida yasalgan sifatlar ishtirok etgan?
A) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan.
B) Men sizga Farg’onaning uzoq qishloqlaridan birida o’sgan, beg’ubor yaylov havosida chiniqqan, bir necha bor yirtqich hayvonlar hujumiga yo’liqqan qorqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola haqida hikoya qilmoqchiman.
C) Har qanday nutq ifodalamoqchi bo’lgan axborotning mazmuni, tinglovchi yoki o’quvchining yoshi, ijtimoiy maqomi, nutqning yozma yoki og’zaki ekanligi, nutq vaziyatiga to’la mos kelishi zarur.
D)Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo’lsa, har kim o’z haqini tanisa va o’zini o’zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo’lamiz.
8.Oxirgi marta qatorasiga o’q otilgan joyni taxminan mo’ljalga olgan bo’lsa ham, to’qayzorga kirganda, mo’ljaldan adashdi. Ushbu gapdagi yasama so’zlar soni?
A) 3 ta B) 4 ta C)5 ta D) 6 ta
9.Ko’makchilar bilan birga kelgan so’zlar odatda qaysi kelishik shakllarida bo’lmaydi?
A) qaratqich va tushum B)tushum va o’rin-payt
C)bosh va qaratqich D)jo’nalish va chiqish
10.Qaysi qatorda bosh harflarni yozishda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan?
A)O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni
B)Osiyo Taraqqiyot banki
C)O’zbekiston Respublika Prezidenti
D)O’zbekiston Milliy universiteti
11.Saodatning kichik, ko’kishroq ko’zlari og’ir mehnat, jafokashlik, qiyinchiliklarga qaramay, o’z g’ururini yo’qotmagan uzun umrining tarixini jonli ifoda qilar edi. Ushbu gapda vazifasiga ko’ra boshqalaridan farq qiluvchi sifat haqidagi qaysi hukm xato?
A)qiyosiy darajadagi sifat B)yasama sifat
C)xususiyat bildiruvchi sifat D)sodda sifat
12.Ham qaralmish, ham sifatlanmish vazifasida kelgan egani toping.
A)Osmondagi umid yulduziga boqib, hayot chashmasini qidiraman.
B)Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda.
C)Qorong’i dala jimjit.Faqat hasharotlarning chirillashi, suvning shildir-shildiri eshitiladi.
D)Shiftga osig’liq qirqinchi chiroqning qalpog’I uy devorlarining tepa yog’iga cho’ziq soya solgan.
13.Barcha nisbat shakllarida qo’llana oladigan fe’llar berilga qatorni toping.
1)o’lmoq; 2)kulmoq; 3)saqlamoq; 4)so’zlamoq; 5)ishlamoq. A)2,3,4,5 B)1,3,4,5 C)3 D)1,4
14.Qaysi gapning egasi harakat nomi bilan ifodalangan?
A)Balandda yashash qiziq bo’lar ekan.
B)O’qiganlar kengroq fikrlaydi.
C)Mehnat qilish va kurashish natijasi muvaffaqiyatdir.
D) A va C javoblar to’g’ri.
15.Qaysi gapda hozirgi zamon sifatdoshi bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi ot kesimga bog’langan?
A)G’afur G’ulomning fikr-u yodi tug’ilayotgan she’rda edi.
B)Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug’ini kuchaytira boshlagan edi.
C)Bizning qo’shinimiz Burhonpur daryosidan o’tayotganda shunday xabar keldi.
D)Yo’lda unga ajal hamroh bo’lib, jahannamga yuborayotgani ayon bo’ldi.

Ona tili 2-variant


1.O’zlari shiringina taom tayyorlab yeb, kechqurun boyga g’ozi yo’q, suyuq osh tayyorlab qo’yishar ekanlar. Ushbu gapda nechta asosi shakldosh so’z qo’llangan?
A)5 ta B)3 ta C)2 ta D)1 ta
2.Fonemalari shovqinlilar guruhiga mansub bo’lmagan paronim juftliklarni aniqlang.
A)chog’-choh B)ajdaho-ajdarho
C)ellik-enlik D)faqir-paqir
3.Qaysi so’z shakldoshlik xususiyatiga ega emas?
A)poygak B)qoqshol C)chog’ D)tepki
4.Son qatnashmagan gapni toping.
A)Salomatlik-tuman boylik.
B)Podshoh lak-lak qo’shini bilan safarga otlandi.
C)Ikki yorti-bir butun.
D)Ilgari yillab birovlarning ishini qilib qorin to’ydirolmasdik.
5.Yaratish zavqidan sipqorgin to’yib,
Kelajak poyiga baxsh etgin jonni.
Ozodlik, obodlik baxtini tuyib,
Boshingga ko’targin O’zbekistonni…
Parchada nechta gapning kesimi buyruq-istak maylidagi fe’l bilan ifodalangan?
A) 2 ta B)3 ta C)4 ta D)Buyruq maylidagi fe’l kesim berilmagan.
6.Bundan maqsad insoniyatni to’g’ri yo’lga da’vat etishdir.To’g’ri yo’l haqiqatni anglashga olib kelmog’i kerak.Haqiqatni anglash-o’zlikni anglashdir.Bunga erishmoq uchun kishining hidoyat yo’liga kirmog’i, butun kuch va vujudini shu yo’lga qaratmog’i kerak.Matnda ot turkumiga mansub so’z necha o’rinda otga bog’lanib kelgan?
A)5 ta B)3 ta C)2 ta D)1 ta
7.Uyi katta yo’l yoqasida edi.Gapda qanday usulda ma’nosi ko’chgan so’z ishtirok etgan?
A)metafora B)metonimiya
C)senekdoxa D)vazifadoshlik
8.Harakat nomi shaklini aniqlang.
A)qaymoq B)ko’maklash
C)o’qish D)tanish
9.Ey farzand, aqlli, farosatli va hunarli insonlar bilan do’stlash. Ushbu qo’shma gapdagi mustaqil so’z turkumlariga mansub bo’lmagan so’zlar sonini aniqlang.
A)3 ta B)1 ta C)4 ta D)2 ta
10.Odamgarchilik so’zining yetakchi morfemasidagi barcha undoshlar qaysi xususiyatiga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega?
A) hosil bo’lish usuliga ko’ra
B)jarangli yoki jarangsizligiga ko’ra
C)hosil bo’lish o’rniga ko’ra
D)shovqinli yoki sonorligiga ko’ra
11.Qaysi javobda tarkibidagi barcha undoshlari hosil bo’lish usuliga o’zaro bir xil tasnif qilinadigan yasama ravishlar berilgan?
A)Men har kuni bir necha marotaba o’zimni o’zim tergayman, maslahatlarim yetarlicha samiymiymikin?
B)Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo’lmasa ham, ko’nglimga tasalli, o’z-o’zini aldash deysizmi-shularning biri edi.
C)Ayniqsa, o’g’lining undan yashiriqcha icha boshlaganini payqagach, u so’nggi ilinjini ham yo’qotgandek bo’ldi.
D)Qizining anor yuzlari, tiniq dudoqlari, nozik beli uni tamoman bexud etgan edi.
12.,,MIlliy tilni yo’qatmak millatning ruhini yo’qatmakdur… Zig’ir yog’i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur. Bobolarimizg’a yetushg’on va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas…”Ushbu parchada keltirilgan fe’lning vazifa shakllari turi va miqdorini aniqlang.
A)3 ta harakat nomi, 2 ta ravishdosh, 2 ta sof fe’l, 2 ta sifatdosh
B)3 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 2 ta ravishdosh
C)2 ta ravishdosh, 2 ta sof fe’l, 3 ta sifatdosh
D)2 ta harakat nomi, 2 ta ravishdosh,2 ta sof fe’l, 1 ta sifatdosh
13.Qaysi qatorda ,,ko’zini shira bosdi” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan?
A)ko’rmay qolish B)takabburlanmoq
C)beparvo yurish D)uyqusiramoq
14.Kompozitsiya usulida yasalganda uning ikkinchi qismi doimo bir xil so’z turkumiga mansub bo’ladi. Yuqorida ta’riflangan so’z turkumiga xos javobni toping.
A)Atash ma’nosiga ega bo’lmagani uchun ,,ichi bo’sh so’zlar” deb ham yuritiladi.
B)-gi qo’shimchasi yordamida uning paytga yoki o’ringa munosabat bildiruvchi turi hosil bo’ladi.
C) Ismlar guruhiga mansub.
D)Yasovchi qo’shimcha qo’shib, bu turkum so’zlardan fe’l yasab bo’lmaydi.
15.Yangi o’zbek alifbosida yonma-yon kelgan qaysi undoshlar tasnifning uch turida ham bir guruhda bo’ladi?
A)sh,ch B)s,x C)y,z D)k,t

Download 24,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish