Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

IDOL BRANSKI 
Mashinada Yevropadan Turkiyaga qaytayotib, 
Yugoslaviya orqali o‘tadigan bo‘ldik. Belgradga ya­
qinlashib qolgan edik, yo‘l chetida joylashgan bir 
xo‘jalikka ko‘zimiz tushdi. Surishtirib bilsak, bu 
yerda zotli itlar yetishtirisharkan. Uning egasi bir 
yugoslav bo‘lib, o‘zi shu sohada mutaxassis ekan. 
Xo‘jalikni aylanib chiqdik. Har xil toifali yuzlar­
cha itlarni ko‘rdik. Bitta kuchukcha bizga ma’qul 
tushib,  buni  sotib  olmoqchi  bo‘ldik.  Egasi  uni 
tug‘ilganiga endi yigirma kun bo‘lganini, o‘zi esa 
Londonda bo‘lib o‘tgan ko‘rikda birinchi o‘rinni 
olgan Idol Branski laqabli itning zurriyoti ekanini 
aytdi. Xullas, ikkinchi Idol Branskini sotib oldik. 
Bizga kuchukcha bilan birga uning nasl­nasabi 
yozilgan guvohnomani ham berishdi.
Kuchukchani uyga olib keldik. Oyim uni uy ichi­
da saqlashga ko‘nmadi. Noiloj hovlidagi  katakka 
qamab qo‘ydik. Idol Branski yonidan jilishimiz bi­
lan shunaqayam uvvos ko‘tardiki, asti qo‘yavera­


195
«Ona tarbiyasi»
siz. Tuni bilan goh chiyillab, goh uvillab chiqdi. Na 
o‘zi orom oldi, na bizga va na qo‘shnilarga tinchlik 
berdi.  Ertasi  kuni  toza  boshimiz  qotdi.  Kun  bo‘yi 
uning yonidan jilmadik. Kechasi yana halovat 
bo‘lmasligi aniq edi.
Yaqin tanishlarimizdan biri maslahat berdi:
– Qo‘ng‘iroqli soat bor­ku, shuni to‘rvaga solib, 
yoniga qo‘yinglar­chi, g‘ingshimasa kerak.
Aytganini qildik. Idol Branskining akillashi tin­
di. Tuni bilan churq etgani yo‘q. Erta bilan uyg‘on­
gach, o‘lib­netib qolmadimikin, degan xavotir­
da katagiga borib asta mo‘raladik. Soat solingan 
to‘rvaga boshini qo‘yib, tinchgina uxlayotgan ekan.
Shundan keyin har kuni kechqurun buni takror­
lab turdik. Kechalari tortqilab o‘ynardi. Bora­bora 
Idol Branski ulg‘ayib, soatsiz uxlaydigan bo‘ldi.
Bir kuni bizga maslahat bergan o‘sha ta­
nishimizdan buning sababini so‘radik. U o‘zi bu 
ishni qilib ko‘rmaganini, lekin bir kitobda shu haq­
da o‘qiganini aytdi. Kitobda yozilishiga ko‘ra ku­
chuk bolasi soatning tiqirlashini onasining yurak 
urishiga o‘xshatar ekan. Ma’lumki, kuchuk bo­
lachalari, odatda, onasining qorniga boshini qo‘yib 
yotadi. Demak, Idol Branski soat solingan to‘rvaga 
boshini qo‘yib uxlashining sababi ham shunda.
Miad Hakimov tarjimasi

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish