Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin


Muharrirdan G‘AROYIB BOLALAR



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

Muharrirdan


G‘AROYIB BOLALAR 
Roman
Turk tilidan Miad HAKIMOV  
tarjimasi
BIRINCHI XAT
Do‘stim Ahmad!
Bir­birimiz bilan tez­tez xat yozishib turamiz, 
deb va’dalashgan edik. Negadir o‘shanda menga 
unchalik ishonqiramovding... Zaynab, sen Anqara­
da o‘zingga yangi o‘rtoqlar topgach, bizlarni esdan 
chiqarib yuborasan, degan eding.
Mana, so‘zimning ustidan chiqyapman. Demak, 
sizlarni unutmabman.
Anqaraga ko‘chib kelganimizga bir hafta bo‘ldi. 
Yangi uyga joylashib ham oldik. Senga ilgariroq 
xat yozishning iloji bo‘lmadi.
Chunki yangi maktabga endi qatnay boshladim. 
Yangi manzilimizni ham kuni kecha dadamdan 
bilib oldim. Xat yozishni sendan boshlayapman.
To‘g‘risini aytganda, o‘qishlar avji qizib tur­
ganida maktabni tashlab, Istanbuldan chiqib 
ketishga hecham ko‘nglim bo‘lmovdi, ham sinf­
dosh o‘rtoqlarimga o‘rganib qolgan edim. Axir to‘rt 


6
Aziz Nesin
yildan ko‘p birga o‘qidik­da. Ammo ilojim qancha, 
dadam Anqaraga yangi ishga o‘tdi. Uy ichi bilan 
ko‘chib keldik. Yaqin og‘aynilari dadamga Anqara­
dan yaxshiroq ish topib berishdi, bu haqda sen­
ga Istanbulda ham aytgan edim. Dadam uchta 
sinfdosh o‘rtog‘i bilan hozir bir firmada ishlayapti. 
Uchovi ham oilasi bilan bir binoda turisharkan. 
Ular dadamga ham ish, ham shu binodan bo‘sh 
uy topib qo‘yishibdi. Dadamning o‘rtoqlari ham bo­
la­chaqali ekan. Bir binoda to‘qqiz bola bo‘lib qol­
dik. Yoshlarimiz har xil. Beshtamiz bitta maktab­
ga qatnaymiz. O‘zim tengi bir bola bilan bir sinfda 
o‘qiyapman. Ukam Metin yangi maktabdan, yangi 
o‘rtoqlaridan yotsirab yuribdi. Men bo‘lsam ham­
masiga darrov ko‘nikib ketdim.
Hayotda ro‘y beradigan muhim voqealar haqida 
yozib turishga kelishib olgan edik. Yangi uy, yangi 
maktab, yangi o‘rtoqlar – bular mening hayotimda 
muhim gap bo‘ldi. Hammasi shu, bo‘lak yangiliklar 
yo‘q.
Istanbuldagi sinfdosh o‘rtoqlarimni juda tez 
sog‘inib qoldim. Sizlar bilan qachon va qayerda 
ko‘rishamiz endi?
Menga o‘xshab sen ham bergan so‘zingning 
ustidan chiqasan, deb ishonaman. O‘rtoqlarning 
hammasiga mendan salom aytib qo‘y. Hamman­
gizga muvaffaqiyat tilayman.
Sinfdoshing Zaynab Yolqir, 
Anqara, 12-noyabr, 1963-yil


7
«Ona tarbiyasi»

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish