Ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti



Download 0,85 Mb.
bet8/13
Sana09.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#763074
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Тақриз

Byudjet defitsiti 

  • Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi odatda, unga tegishli bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet, deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‘p bo‘lishiga byudjet defitsiti deyiladi.

  • Yuqoridagi jihatlardan olib qaraganda byudjet-soliq siyosatining tarkibiy qismi sifatida byudjet siyosatining yakuniy (miqdoriy) natijasi byudjet defitsiti, byudjetning balansliligi yoki byudjet profitsitida o‘z ifodasini topishi mumkin. Biroq bularning har biriga qarab turib yakka-yu yagona bo‘lgan yakuniy xulosani chiqarishning iloji yo‘q. Bu yerda gap shundaki, byudjetning balansliligi yoki uning profitsitli ekanligiga qarab turib oqilona byudjet siyosati va aksincha, uning defitsitli ekanligini inobatga olgan holda nooqilona byudjet siyosati yuritildi, deb bo‘lmaydi. Chunki byudjet siyosatining yakuniy miqdoriy ifodasi sifatida ularning har biri o‘zida ijobiy va salbiy tomonlarni mujassam etadi11. Byudjet daromadlari va xarajatlarining o‘zaro to‘g‘ri nisbati xususidagi muammo moliyaviy adabiyotlarda munozarali hisoblanadi. Hamon unga nisbatan yagona bir to‘xtamga kelinmagan. Munozaralarda ishtirok etuvchilarni eng umumiy ko‘rinishda ikki guruhga ajratish mumkin ular quyidagi ikki maktabning vakillari hisoblanadi:

• keynschilar maktabi vakillari;
• neoklassik yo‘nalishdagi maktab vakillari.Keynschilar maktabining vakillari sistematik yoki doimiy byudjet defitsiti konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlab, ular bunda quyidagi ijobiy holatlarning bor ekanligini qayd etadilar: • byudjet defitsiti milliy iqtisodiyot uchun xavf tug‘­ dirmaydi. Buning sababi shundaki, byudjet defitsiti sharoitida barcha xarajatlar, shu jumladan, ularning daromadlardan ortiqcha bo‘lgan qismi ham shu byudjet defitsiti mavjud bo‘lgan davlatning hududi doirasida amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida, undagi turmush sharoitining oshishiga (yaxshilanishiga) o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Albatta, milliy iqtisodiyotdan chetga chiqib ketuvchi mablag‘larning oqib ketishini anglatuvchi tashqi savdo balansining salbiy qoldig‘i bundan mustasno;
• byudjet defitsiti boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda o‘z navbatida, byudjet mablag‘larini oluvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromadlarining oshganligini anglatadi. Bu byudjet defitsitining ular sotib olish qobiliyatining o‘sganligiga, milliy ishlab chiqarish ko‘lamining kengayganligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini bildirib, bularning hammasi oxir-oqibatda byudjetga kelib tushishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovlari hajmining (miqdorining) kengayishiga (oshishiga) olib keladi. Keynschilar maktabi vakillarining byudjetni defitsitli moliyalashtirish nazariyasi mavjud defitsitni Taraqqiyot byudjetida to‘planishini taqozo etadi. Chunki faqat shu holdagina defitsitli moliyalashtirishning o‘sishi investitsion, innovatsion va tadbirkorlik o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Bu masalaga nisbatan neoklassik maktab vakillarining qarashlari keynschilar maktabining qarashlariga butunlay teskari bo‘lib, ular byudjet defitsitiga nisbatan quyidagi xavflarning mavjud ekanligini ko‘rsatib o‘tadilar:
• hozirgi kunda (davrda) mavjud bo‘lgan byudjet defitsiti pirovardida (yaqin) kelajakda yuqori darajadagi soliqlarning bo‘lishini taqozo etadi;
• byudjet defitsitini qoplash (moliyalashtirish) uchun favquloddagi daromadlar – pul va qarzlar emissiyasi, kreditlar va boshqalar – jalb qilinib, bu o‘z navbatida, mamlakatning pul-kredit tizimini izdan chiqaradi, inflyatsion jarayonlarning kuchayishiga, davlat qarzlarining o‘sishiga olib keladiki, bularning barchasi, oxir-oqibatda, milliy iqtisodiyot va davlatning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Byudjet defitsitini ma’lum bir belgilar asosida turkumlarga ajratish va uning tegishli turlarini ko‘rsatish mumkin. Umuman olganda byudjet defitsitini quyidagi belgilar asosida turkumlarga ajratish maqsadga muvofiq:
• vujudga kelish sabablariga ko‘ra;
• iqtisodiy mazmuni va ta’sirchanlik yo‘nalishiga qarab;
• ishsizlikning darajasi bilan bog‘langanligiga binoan;
• vujudga kelish xarakteriga muvofiq;
• rejaga munosabati bo‘yicha;
doimiyligiga nisbatan;
• davomiyligiga ko‘ra;
• moliyalashtirish manbalariga bog‘liqligiga qarab;
• davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foizlarni to‘lashning xalqaro metodologiyasiga binoan. Vujudga kelish sabablariga ko‘ra byudjet defitsitining quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
• favqulodiy byudjet defitsiti;
• inqiroziy byudjet defitsiti;
• antiinqiroziy byudjet defitsiti;
• byudjetlaro byudjet defitsiti.
Favqulodiy byudjet defitsitining negizida favquloddagi holatlar, ya’ni urushlar, tabiiy ofatlar va shunga o‘xshashlar yotadiki, ulardan sug‘urta qilinish murakkab yoki buning iloji yo‘q. Favquloddagi vaziyatlarning oqibatlarini ogohlantirish va ularga barham berish uchun odatda, turli-tuman zaxira va byudjetdan tashqari fondlar shakllantiriladi. Inqiroziy va antinqiroziy byudjet defitsitlari iqtisodiyot, pul-kredit, moliya sohalaridagi inqirozlar va ularni bartaraf etish choralari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan rag‘batlantiruvchi va aksincha, rag‘batlantirmovchi (taqiqlovchi, aks ta’sir ko‘rsatuvchi) ahamiyatga ega bo‘lgan byudjet defitsitlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Xalqaro amaliyotda byudjetlararo byudjet defitsiti, deyilganda odatda, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarning salbiy qoldig‘i tushuniladi. Mintaqaviy va mahalliy byudjetlarda bunday salbiy qoldiqlar quyidagilar natijasida vujudga kelishi mumkin:
• hududlarning byudjet va mulkiy huquqlari o‘rtasida nomuvofiqlikning vujudga kelishi natijasida;
• mintaqaviy va mahalliy byudjetlar daromadlarini qisqartirish yoki oshirish xususida boshqa darajadagi hokimiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilinganda. Bunday byudjet defitsitini qoplash odatda, quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
• byudjetiy tartibga solish vositasida;
• byudjetlararo munosabatlarning turli-tuman shakllaridan foydalanish orqali.
Iqtisodiy mazmuni va ta’sirchanlik yo‘nalishiga qarab byudjet defitsiti quyidagi tarzda ikkiga bo‘linadi:
• aktiv byudjet defitsiti;
• passiv byudjet defitsiti. Bunday turlarga (ko‘rinishlarga) ega bo‘lgan byudjet defitsitlarini boshqarish natijasida jamiyat yoki alohida olingan ma’muriy hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi rag‘batlantirilishi yoki aksincha, rag‘batlantirilmasligi mumkin.
Jahon amaliyotida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi sharoitida passiv byudjet defitsitining darajasi YaIMga nisbatan 2-3%, MDga nisbatan – 5% va byudjetning xarajatlar qismiga nisbatan 8-10% atrofida chegaralanishi qabul qilingan. Shu bilan birgalikda, iqtisodiyot va sotsial sohadagi inqiroz sharoitida mamlakatlarning hukumatlari iqtisodiy o‘sish, ishsizlar sonini qisqartirish va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida byudjetning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi uzilishni oshirish (xarajatlarni oshirish va soliq olinmalarini kamaytirish yo‘li bilan) tomon yuz tutadilar. Bunday vaziyatda byudjet defitsiti aktiv shaklga ega bo‘ladi. Agar byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun inflyatsion manbalar jalb qilinsa, bunda davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish uchun byudjetning xarajatlari keskin ortadi va byudjet defitsitining aktiv shakli passiv ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi hamda moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy inqirozning chuqurlashuvi boshlanadi. Shuning uchun byudjet defitsitini boshqarish va uning rag‘batlantiruvchi, faol salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida uni qoplashning maqbul manbalarini qidirib topmoq lozim. Buning uchun alohida olingan ma’muriy-hududiy mintaqalarning va yaxlit tarzda olingan mamlakatning, shuningdek, xalqaro omillarning aniq moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilishga alohida e’tibor berish kerak. Ishsizlikning darajasi bilan bog‘langanligiga binoan byudjet defitsiti quyidagi ikki ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:
• tuzilmaviy byudjet defitsiti;
• siklik byudjet defitsiti.
Tuzilmaviy byudjet defitsiti, deyilganda to‘liq bandlilik sharoitida (yoki doimiy belgilangan darajasi doirasida) davlat daromadlari va xarajatlarini shakllantirishning shunday tizimida byudjetning salbiy qoldig‘i tushuniladi. Iqtisodiy pasayish sharoitida ishsizlikning darajasi uning bazaviy darajasidan osha boshlaydi. Tabiiyki, bunday sharoitda haqiqiy byudjet defitsiti ham o‘sadi va ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanmalarining oshishi, soliq tushumlarining qisqarishi, asosan, ishlab chiqarishning qisqarishi natijasida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi oqibatida u tuzilmaviy byudjet defitsitining darajasidan katta bo‘lib qoladi. Shu munosabat bilan haqiqatda mavjud bo‘lgan va tuzilmaviy byudjet defitsiti o‘rtasidagi farq siklik byudjet defitsiti, deyiladi. Tuzilmaviy va siklik byudjet defitsitlarining darajasini mamlakatning iqtisodiy ahvoli belgilab beradi. Siklik byudjet defitsiti darajasining qisqarishi haqiqiy va tuzilmaviy byudjet defitsiti darajalarining tenglashishi tendensiyasidan darak berib, bu o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishga tengdir. Vujudga kelish xarakteriga muvofiq byudjet defitsiti quyidagi ko‘rinishlarga ega:
• tasodifiy (kassaviy) byudjet defitsiti;
• haqiqiy byudjet defitsiti.
Tasodifiy (kassaviy) byudjet defitsiti mablag‘larning byudjetga kelib tushishi va ularning byudjetdan sarflanishi o‘rtasidagi kassaviy (davriy) uzilishlarning mavjudligi natijasida paydo bo‘ladi. Masalan, byudjet daromadlarining yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va shu kabi ayrim manbalari mavsumiy xarakterga ega. Bular boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda ba’zi hollarda tasodifiy (kassaviy) byudjet defitsitining paydo bo‘lishiga olib keladi. Haqiqiy byudjet defitsiti esa byudjetdan qilinadigan xarajatlarning doimiy ravishda ortib borishi va undan daromadlarning haqiqatda ortda qolishi munosabati bilan vujudga keladi. Odatda, haqiqiy byudjet defitsiti chegaraviy o‘lcham sifatida navbatdagi moliyaviy yil uchun byudjet to‘g‘risidagi Byudjet-soliq siyosati 37 qonunda14 o‘z aksini topadi. Uning haqiqiy darajasi byudjet ijrosi jarayonida belgilangan chegaraviy o‘lchamdan past yoki aksincha, yuqori bo‘lishi mumkin. Rejaga munosabati bo‘yicha byudjet defitsiti quyidagi ikki ko‘rinishga ega:
• rejali byudjet defitsiti;
• rejadan tashqari (rejasiz) byudjet defitsiti.
Rejali byudjet defitsiti har moliya yili uchun qabul qilinadigan byudjet parametrlarida o‘z aksini topadi. Uning miqdori va moliyalashtirish (qoplash) manbalari rejada ko‘zda tutiladi. Rejadan tashqari (rejasiz) byudjet defitsiti esa bir tomondan, byudjet daromadlari hajmining ko‘zda tutilmagan holda qisqarishi, masalan, jahon bozorida neft bahosining pasayishi va shunga o‘xshashlar, ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarining xuddi shu tarzda oshishi, masalan, urush, yer qimirlashi, halokatlarning sodir bo‘lishi, qurg‘oqchilik, baholarning o‘sishi, hosilsizlik va boshqalar natijasida paydo bo‘ladi. Bunday hollarda byudjet defitsitini tartibga solish (keltirish) turli zaxira fondlarining mablag‘lari va har xil tezkor tadbirlarni o‘tkazish hisobidan amalga oshiriladi. Doimiyligiga nisbatan byudjet defitsitining quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
• barqaror byudjet defitsiti;
• o‘zgaruvchan (barqaror bo‘lmagan) byudjet defitsiti. Davomiyligiga ko‘ra byudjet defitsiti quyidagi ko‘rinishlarga ega:
• xronik (sistematik, nisbatan uzluksiz) tarzdagi byudjet defitsiti;
• vaqtinchalik byudjet defitsiti. Xronik (sistematik) tarzdagi byudjet defitsiti eng qiyin “davolanadigan” byudjet defitsiti hisoblanadi. Byudjet defitsitining bunday ko‘rinishi vujudga kelishining sabablari quyidagilardan iborat:
• iqtisodiy inqirozning uzoq siklda davom etishi;
• uzoq davom etgan urushlar va tinch vaqtda (tinchlik paytida) harbiy maqsadlar uchun katta miqdordagi xarajatlarning qilinishi;
• favqulodda sodir bo‘lgan holatlar va ularning oqibatlarini barham etish uchun yirik miqdordagi xarajatlarning uzoq davr mobaynida sarflanishi;
• qoplanish muddatlari oldindan aniq ma’lum bo‘lmagan, bir necha 10 yilga davom etishi mo‘ljallanilgan qimmatli dasturlarning qabul qilinishi va ularning amalga oshirilishi.
Vaqtinchalik byudjet defitsiti bir necha oylik muddatda davom etishi mumkin. U unchalik xavfli va barham berish nuqtayi nazaridan unchalik qiyin bo‘lmagan byudjet defitsiti hisoblanadi. Chunki bunday ko‘rinishga ega bo‘lgan byudjet defitsitining vujudga kelishida iqtisodiyotdagi chuqur inqirozli holatlar emas, balki bir necha obyektiv (tabiiy ofatlar va shunga o‘xshashlar) va subyektiv (rejalashtirish va bashoratlashdagi xatoliklar, jahon tovar va fond bozorlarida baholarning tebranishi va boshqalar) sabablar muhim rol o‘ynaydi.
Moliyalashtirish manbalariga bog‘liqligiga qarab byudjet defitsitining quyidagi turlari mavjud:
• kelgusi avlodga o‘tkaziladigan byudjet defitsiti;
• kelgusi avlodga o‘tkazilmaydigan byudjet defitsiti.
Byudjet defitsitining ana shunday turlari mavjudligi asosan, byudjet defitsiti natijasida vujudga kelgan davlat qarzlarining kelgusi avlod zimmasiga o‘tkazilishi (yuklatilishi) yoki o‘tkazilmasligi (yuklatilmasligi) bilan bog‘liq. Odatda, byudjet defitsiti natijasida paydo bo‘lgan davlat qarzi kelgusi avlod zimmasiga yuklatiladi. Bu asosan, xronik (sistematik, nisbatan uzluksiz) tarzdagi byudjet defitsitiga tegishlidir. Shu munosabat bilan bunday byudjet defitsiti kelgusi avlodga o‘tkaziladigan byudjet defitsiti, deb ham yuritiladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish