Boshqaruvga xarajatlar hokimiyatning barcha qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, sudlar, prokuratura organlari va boshqa muassasalarning xarajatlarini moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Milliy xavfsizlik va ichki huquq-tartibotni ta’minlash xarajatlari mudofaa kompleksiga (Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalarni ta’minlash xarajatlari), huquq-tartibot organlariga (Ichki ishlar vazirligi, Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika va harbiy ta’minot boshqarmasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalarni ta’minlash xarajatlari) va boshqalarga tashqi iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liq byudjet xarajatlari Respublika Hukumati tomonidan xorijiy davlatlarning Hukumatlariga kreditlar berish bilan bog‘liq xarajatlarni; Respublika Hukumati tomonidan xorijiy davlatlar Hukumatlaridan olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni; O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Mil- liy banki tomonidan xorijiy banklardan olingan uzoq muddatli kreditlarni qoplash bilan bog‘liq xarajatlarni; O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan import rejasi hisobiga tovarlarning avans xaridlariga hamda to‘lovlar va tushumlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun berilgan kreditlarni va ularning foizlarini qoplashga xarajatlarni; xorijiy davlatlarga beg‘araz yordam berish operatsiyalarini moliyalashtirishni; O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan alohida operatsiyalari bo‘yicha jalb qilingan mablag‘lar uchun to‘lanadigan foizlar bilan bog‘liq xarajatlarni; xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lash bo‘yicha xarajatlarni; birja operatsiyalari bo‘yicha xara- jatlar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarga tashqi va ichki qarz bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni to‘lash va boshqalar kiradi.
Byudjet xarajatlari tranzit xususiyatiga ega. Byudjet xarajatlari orqali byudjetdan mablag‘ oluvchilar – byudjet mablag‘larini oluvchi yoki taqsimlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tashkilotlari moliyalashtiriladi. Byudjetda sarf-xarajatlar moddalari bo‘yicha byudjet xarajatlari belgilanadi, xarajatlarni esa byudjetdan mablag‘ oluvchilar amalga oshiradilar.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etish xususiyatiga qarab byudjet xarajatlari joriy va kapital bo‘ladi.
Byudjetlarning kapital xarajatlari – innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlovchi byudjet xarajatlari qismi bo‘lib, u tasdiqlangan investitsiya dasturiga binoan faoliyat yuritayotgan yoki yangi tashkil etilayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan xarajatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Byudjetlarning joriy xarajatlari – davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlash uchun, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlari joriy faoliyatiga ajratmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish uchun byudjet xarajatlarining qismi.
Byudjet mablag‘larini sarflash quyidagi metodlar yordamida amalga oshiriladi:
byudjetdan moliyalashtirish (qaytarib berilmaydigan pul mablag‘larini byudjetdan taqdim etish);
byudjetdan kreditlashtirish va mablag‘larni investitsiyalash;
mablag‘larni byudjet qarz majburiyatlarini qoplashga yo‘naltirish.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarga o‘z joriy faoliyatini amalga oshirish uchun byudjet mablag‘larini taqdim etishning asosiy metodi byudjetdan moliyalashtirish hisoblanib, u quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
byudjet ajratmalaridan foydalanishning maqsadliligi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilar belgilangan maqsadlar uchun tasdiqlangan byudjet asosida mablag‘ oladilar. Ushbu prinsipga qat’iy rioya qilish mablag‘larni sarflashning samaradorligini ta’minlaydi;
byudjetdan moliyalashtirishning tekinligi;
byudjetdan moliyalashtirishning qaytarilmasligi;
minimal xarajatlar bilan maksimal samara olish;
byudjet mablag‘larini ishlab chiqarish va boshqa ko‘rsatkichlarning bajarib borilishiga qarab va avvalgi ajratmalardan foydalanishni hisobga olgan holda taqdim etish. Bu prinsip moliya organlariga byudjet mablag‘larini oluvchilar faoliyati ustidan ta’sirchan va samarali nazoratni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Byudjetdan moliyalashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy xarajatlariga (ishchilarga mehnat haqini to‘lash, davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga sug‘urta badallarini o‘tkazish, byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan kommunal xizmatlar, safar xarajatlarini to‘lash va boshqalar), shuningdek hukumatning boshqa darajalariga o‘tkaziluvchi alohida davlat vakolatlarini amalga oshirishga; davlat xaridlariga va boshqalarga ajratmalar;
transfertlar (aholiga beriladigan majburiy to‘lovlarni moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘lari: stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar, pensiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar);
boshqa darajadagi byudjetlar va davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga byudjet ssudalari, subvensiyalari va dotatsiyalari;
byudjetlararo transfertlar;
jismoniy va yuridik shaxslarga subvensiyalar va subsidiyalar;
faoliyat yuritayotgan yoki yangidan yaratilayotgan yuridik shaxslarning ustav kapitaliga investitsiyalar;
mulk shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslarni byudjetdan kreditlash;
qarz majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish (davlat organlarining kafolatlari bilan).