FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
INGLIZ TILI YO’NALISHI
TYUTORI
Yunusova Feruza Sultonalieva
Fevral
oyida amalga oshirgan ishlari
Hisoboti
Olib borilgan tashkiliy ishlar hamda talabalarni kiyinish madaniyati va davomati , universitet odob - axloq qoidalarida belgilangan ishlar bo‘yicha olib borilgan ishlar.
Menga biriktirilgan 19.121; 19.122; 19.122-A; 19.122-B; K-19.130, 20.145-A-guruh talabalarini qishki ta’til vaqtidagi mashg‘ulotlari haqida kunlik hisobotni olib bordim.
Talabalarning har biri bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldim. Muloqot davomida ularning sog‘liklari, bajarayotgan yumushlari to‘g‘risida ma’lumot oldim. Va shu bilan birgalikda talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali o‘tkazishlari haqida maslahatlar berdim.
Guruhlarning telegram gruppalarida universitet miqyosida tashkil qilingan “ZAKOVAT” intelektual o‘yinlari, onlayn fan olimpiadalari, vebinar ma’ruzalar, turli xil ko’rik tanlovlar va boshqa yangiliklardan doimiy ravishda xabardor qilib bordim.
Fan o‘qituvchilari tomonidan ZOOM ilovasida va Telegram VideoChat tashkil qilingan onlayn darslarga talabalarni to‘liq jalb etdim.
Talabalar bilan olib borgan ishlarim to‘g‘risida kunlik hisobotni fakultetning yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga taqdim etdim.
Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda fakultet dekanati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajardim.
Fakultet miqiyosida olib borilgan ma’naviy-marifiy tadbirlar.
2022 yil 7-8–yanvar kunlari yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish “ mavzusida o‘tkazilgan o‘quv semenarida ishtirok etdim.
2022 yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlar bog‘i” da bo‘lib o‘tgan harbiy parad va harbiy ko‘rgazmalarda menga biriktirilgan guruh talabalari bilan ishtirok etdim.
2022 yil 19-yanvar kuni ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabalari o‘rtasida universitet yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat bo‘limi hamda fakultet tyutorlari bilan birgalikda “ Yoshlar O‘zbekiston bunyodkori ” mavzusida onlayn viktorina o‘tkazildi.
2022 yil 20-21– yanvar kunlari fakultet miqyosida “ Iqtisodiyot nazariyasi “ fanidan onlayn fan olimpiadasi o‘tkazildi. Menga biriktirilgan guruhdan jami 10 nafar talabani onlayn fan olimpiadaga jalb qildim.
2022 yil 23 – yanvar kuni Universitetda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi “ Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy- ma’rifiy ishlarni har bir talaba bilan olib borishga doir choralar to‘g‘risida”gi 539-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi hamda talabalarnining yashash manzillari boyicha ma’lumotlarni umumlashtirish, ularning turmush sharoiti va sog‘lig‘idan xabar olishni oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (HEMIS) axborot tizimi orqali amalga oshirish mexanizmini o‘rganish bo‘yicha seminar-treningda ishtirok etdim.
2022 yil 26 – yanvar kuni fakultetning talaba qizlari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda xotin – qizlarga yaratilayotgan sharoitlar“ mavzusida ZOOM platformasi orqali davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi a’zolari Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari hamda fakultet tyutorlari ishtirokida olib borildi.
2022 yil 27 – yanvar kuni Respublika tyutorlari ishtirokida imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlashda duch keladigan muammolar va ularni ularning echimiga qaratilgan “O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ZOOM platformasida onlayn tarzda o‘tkazilgan seminarda fakultetimiz tyutorlari bilan birgalikda ishtirok etdik.
2022 yil 28 – yanvar kuni fakultetimizning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi hamda tyutorlardan iborat jamoa Farg‘ona shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldik. Mahalla faollari bilan muloqot olib borib, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” bo‘yicha fuqarolarni xatlovdan o‘tkazish yuzasidan qilingan ishlarini o‘rganildi. Suhbat davomida “Temir daftar“ va “Yoshlar daftari“ da ro‘yxatda turuvchi, fakultetning 2-bosqich talabasi Gaipova Elina Murodovna oilasiga ko‘rsatilayotgan moddiy yordam va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, xonadon holidan xabar olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |