Ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


O’zbekiston energetikasining zamonaviy ahvoli va taraqqiyotining istiqbollari



Download 272,5 Kb.
bet7/8
Sana22.06.2021
Hajmi272,5 Kb.
#73674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mizon kur ishi

2.2. O’zbekiston energetikasining zamonaviy ahvoli va taraqqiyotining istiqbollari.


Hozir O’zbekiston elektr stansiyalarining ja’mi o’rnatilgan quvvati 12,3 mln kVtga tengdir. Uning tuzilmasida gidroelektrostansiyalar 11,5% ni, issiqlik elektr stansiyalari 86% ni tashkil etadi, bu “O’zbekenergo” kompaniyasining qudratidan dalolat berib turibdi, ja’mi elektr stansiyalarning faqatgina 2,5% boshqa idoralar qaramog’ida ishlatilmoqda.

Elektr energiyasining asosiy qismini ekologiya nuqtai nazaridan qaraganda juda qulay yoqilg’i balansiga ega bo’lgan issiqlik elektr stansiyalari ishlab chiqaradi, unda gazning salmog’i 85% ni tashkil qiladi.

Energetika tizimining asosini quvvati 3000 MVt bo’lgan Sirdaryo IESi,

1860 MVt bo’lgan Toshkent IESi, 2100 MVt bo’lgan Yangi Angren IESi va 1250 MVt bo’lgan Navoiy IESi kabi yirik elektr stansiyalar tashkil qiladi. Bu nurxonalarda bir yo’la quvvati 150 MVtdan 300 MVtga yetgan necha o’nlab energetika bloklari o’rnatilgan.

Mamlakatning gidroenergetikasi beshta kaskadga birlashgan 28 ta GESdan iborat. Bular orasida eng yiriklari - suv omborlari bo’lgan, stansiyalar quvvatni tartibga solib turish rejimida ishlay oladigan, quvvati 600 MVtli Chorbog’ va quvvati 165 MVtli Xo’jakent GESlaridir. Qolgan GESlar suv oqimi bo’yicha bazis rejimda ishlaydi. Energiya ta’minoti va irrigatsiyaga oid kompleks masalalarni xal etayotgan bu nurxonalar nisbatan arzon elektr energiyasini hosil qilmoqdalar.

Elektr energetikasi tarmog’i taraqqiyotining asosiy nizomlari va yo’nalishlari, respublika hukumati ma’qullagan, “2010-yilga qadar bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasi energetikasining ravnaqi va energiya ishlab chiqarayotgan quvvatlarning rekonstruksiyasi dasturi” da o’z aksini topgan. Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiyalash shu yaqin orada va o’rta muddatli davrda tarmoqning bosh strategik vazifasidir. Dasturdagi eng muhim vazifalar qatoriga elektr energetikasi taraqqiyotining asosiy son va sifat parametrlarini aniqlab olish hamda shu parametrlarga erishishning aniq mexanizmlarini belgilash kiradi.

2010-yilgacha bo’lgan davrda elektr energetikasi ravnaqining strategik maqsadi quyidagilardan iborat:


  • mamlakat energetika mustaqilligini asrash va mustahkamlash;

  • energetika quvvatlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli elektr va issiqlik energiyasi yetkazib berish;

  • yoqilg’i - energetika resurslaridan foydalanishning samaradarligini ko’tarish maqsadida energetika ishlab chiqarishini bundan buyon ham takomillashtirish;

  • enegetika ishlab chiqarishining atrof muhitga texnogen bosimini ancha kamaytirish.

Elektr energetikaning negizi doimgidek IESlar bo’lib qolaveradi, uning ulushi o’rnatilgan quvvat tuzilmasida 86% tashkil qiladi.

Toshkent va Navoiy IESlari, Muborak va Toshkent IEM laridagi bug’ -gaz turbinalar negizida rekonstruksiya va modernizatsiyalash yo’li bilan energiya hosil qiluvchi quvvat ehtiyojini o’stirib borishga erishiladi.

500-220 kVli nimstansiyalarda 2500 MVAli transformator quvvatlarini ishga tushirish mo’ljallangan, ayni vaqtda 110-500 kV kuchlanishdagi 700 kmdan ko’proq elektr uzatish liniyalari quriladi.

Dasturda 2010-yilga kelib, sarflanayotgan yoqilg’i tuzilmasida o’zgarishlar bo’lishi nazarda tutilmoqda: gazning salmog’ini 80%ga tushirib, ko’mirning ulushi 12%gacha ko’tariladi.

Istiqboldagi davrda elektr energetikasining investitsiyalarga bo’lgan ehtiyoji elektr energiyasini ishlab chiqarishning ko’zda tutilgan o’sib borishiga erishish va iste’molchilarning energiya ta’minoti ishonchliligini yetarli darajada bo’lishini ta’minlash, shuningdek ishlatilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy qayta jihozlashni o’tkazishning sur’atlari va muddatiga muvofiq tarzda belgilanadi.

2010-yilgacha bo’lgan davrda elektr energetikasining investitsiyalarga ja’mi ehtiyoji 1,0 mlrd. AQSh dollariga teng bo’ladi, deb baholanmoqda. Dasturni amalga oshirish mexanizmiga ko’ra, zarur bo’ladigan moliyaviy resurslar umumiy hajmining uchdan biri o’z mablag’lari evaziga qoplanadi, 10-12% ni markazlashtirilgan kreditlar, qolgan qismi, ya’ni yarmidan ko’prog’ini chet el kreditlari va tovar kreditlarini jalb etish evaziga qoplash mo’ljallanmoqda.

Elektr energetikada o’tkazilayotgan qayta restrukturizatsiyalash, bozor iqtisodiyoti talablariga mos bo’lgan, boshqaruvning yangi progressiv shakllarini tarmoqqa joriy etish bunga ko’p jihatdan ko’maklashadi.

2001-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan energetika va elektrlashtirish vazirligining tuzilmaviy bo’linmalari negizida “O’zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi (“O’zbekenergo” DAK) tuzildi. 2004 yilda kompaniyada elektr energetikasi va ko’mir tarmoqlari boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, elektr energiya va ko’mirni ishlab chiqarish, uzatish-tashish hamda sotish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash yo’li izchillik bilan amalga oshirildi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini energiya bilan barqaror ta’minlash, elektr energetika va ko’mir sanoat tarmoqlarining bir me’yorda va muvozanatli ravnaqini ta’minlash, elektr energiyasi va ko’mirni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2004-yilning 21-iyunida “O’zbekenergo” DAK tashkiliy faoliyatini takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Qarorda energetika tarmog’i korxonalarini monopoliyadan chiqarish xususiylashtirish, aksiyadorlash jarayonlarini yanada jadallashtirish, tarmoq korxonalari vazifalarini aniq ravshan chegaralab qo’yish nazarda tutilgan, bu esa energiya ishlab chiqarish, uni uzatish va sotishni, shuningdek korxonalar o’rtasida birdamlik, muvozanat, hamjihatlikni ta’minlaydi.

“O’zelektrtarmoq” UKning magistral elektr tarmoqlari negizida elektr energiyasini uzatish bo’yicha 5ta mintaqaviy filial tuzildi, bular - Markaziy, Sharqiy, Janubiy, Janubi-G’arbiy va Shimoli-G’arbiy METlaridir. 35 va 110 kVli taqsimlash tarmoqlari “O’zelektrtarmoq” UK balansidan elektr energiyasini taqsimlash va sotish bo’yicha mintaqaviy korxonalar balansiga o’tkazildi.

Hozirgi bosqichda kompaniya tarkibiga 53 korxona, shu jumladan 37 ochiq aksiyadorlik jamiyati (shu qatorda “O’zbekko’mir OAJ), 12 unitar korxona, 3 ta ma’suliyati cheklangan jamiyat va “Energosotish” filial kiradi. Hozir tarmoqda islohot jarayoni davom etmoqda: faoliyatning monopoliya (dispetcherlash va elektr energiyani uzatish) va raqobat (sotish va ishlab chiqarish) turlari ajratilmoqda va elektr energetika tarmog’iga bozor munosabatlari elementlari joriy etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabridagi “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 511 sonli qarori va “Elektr enegiyasi sotilishi hamda undan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish tizimini mustahkamlash yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 512 sonli qarori asosida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob ishlarini yaxshilash, to’lovlarning hammasi o’z vaqtida to’lanishi, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.






XULOSA

Keyingi yarim asr mobaynida sayyoramizda ekologik xavf-xatarlar miqdori ortib borayotgani mutaxasis-olimlarni jiddiy tashvishga solayotir. Iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarida energiyadan foydalanishning me'yoridan ortib ketishi muammoning asosiy sababi sifatida e'tirof etilmoqda. Yoqilg‘ining organik turlaridan foydalanuvchi elektr va issiqlik stansiyalari hamda ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan zararli gazlar tufayli atrof-muhit ifloslanmoqda. Yillar davomida atmosferaga zararli moddalar qoldiqlarini katta miqdorda chiqarib yuborilishi natijasida ozon qatlamiga putur yetgan, Yerda esa global energiya tanqisligi vujudga kelmoqda. Natijada dunyo iqlimining o‘zgarishi, energiya quvvati manbalarining kamayishi butunjahon oziq-ovqat tanqisligi muammosi bilan chambarchas bog‘lanib, insoniyat oldiga ulkan muammolarni qo‘ymoqda.

Bundan tashqari, dunyo aholisi sonining muttasil oshib borayotgani sababli energiyaga bo‘lgan talabni mavjud energiya tizimlari ta'minlab bera olmaydigan vaziyat yuzaga kelmoqda. Shu bois BMT bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligida tuzilgan muvofiqlashtiruvchi guruh 2012-yilni «Barcha uchun xalqaro barqaror energetika yili» deb e'lon qilib, yangi global tashabbusni ilgari surdi. Tashabbus 2030-yilga borib uchta asosiy maqsadga erishishni mo‘ljallagan: zamonaviy energetik xizmatlardan ommaviy foydalanishni ta'minlash; dunyo energoiste'molini 40 foizga pasaytirish; dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizga oshirish.

Bugun sayyoramizda qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalarining bir necha turlari tajribadan o‘tkazilyapti. Elektr quvvati olishda geotermal elektrostansiyalardan Markaziy Amerika davlatlari, Filipin va Islandiyada ko‘proq foydalanilmoqda. Oqar suvdan foydalanadigan elektrostansiyalarga Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy kabi sanoqli mamlakatlargina ega. Quyosh elektrostansiyalaridan jahonning o‘ttizdan ortiq davlati foydalanmoqda.

So‘nggi vaqtlarda ko‘plab mamlakatlar shamol energiyasi qurilmalarini barpo etishni afzal ko‘ryapti. Ularning aksariyati G‘arbiy Yevropa (Daniya, GFR, Buyuk Britaniya, Gollandiya)da, AQSH, Hindiston va Xitoyda joylashgan. Daniya energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish doirasida asrlar mobaynida to‘plangan bilimlar va o‘z an'anaviy tajribasi bilan butun dunyoga mashhur. Bu mamlakatda energiyaning 25 foizi shamoldan olinadi, barcha chiqindilarning 90 foizi qayta ishlatiladi yoki energiyaga aylantiriladi. Daniya rivojlanish va «yashil» investitsiya doirasida dunyo yetakchilari tan olgan mamlakatlardan biridir. Braziliyada esa yonilg‘i sifatida etil spirtidan ko‘p foydalanishadi.

Qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqboli uning ekologik tozaligi, ekspluatatsiya qiymatining arzonligi bilan bog‘liq. Yevropa komissiyasi hisob-kitoblariga qaraganda, 2020-yilga borib muqobil energiya sanoatida qo‘shimcha 2,8 millionta ish o‘rni yaratiladi. BMT ma'lumotlarida aytilishicha, birgina 2008-yilda butun dunyo bo‘ylab ko‘mir va neft ishlab chiqarish sohasiga 110 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritilgan bo‘lsa, muqobil energetika bilan bog‘liq loyihalarga 140 milliard dollarlik investitsiya jalb etilgan. Ushbu mablag‘ning 51,8 milliardi shamol energetikasiga, 33,5 milliardi quyosh energetikasiga, 16,9 milliardi bioyoqilg‘iga sarfl angan. Yevropa davlatlari 2008-yilda muqobil energetikaga 50 milliard, Amerika - 30 milliard, Xitoy - 15,6 milliard, Hindiston - 4,1 milliard dollarlik sarmoya sarflagan.

Ma'lumki, hozir yoqilg‘i energetikasi resurslarining asosiy manbaini neft, tabiiy gaz va ko‘mir tashkil etadi. Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, aholi sonining muttasil o‘sib borishi va sanoatning rivojlanishi inobatga olingani holda Yer yuzidagi neft 40-45 yilga, tabiiy gaz 70-75 yilga, ko‘mir esa 165-170 yilga yetishi mumkin. Shu bois muqobil energetika dunyoda innovatsion rivojlanishning muqarrar omiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, jahon uglevodorod xomashyosi zaxiralarining tugab borishi sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish yanada muhim ahamiyat kasb etyapti.

Dunyoning 65 dan ziyod mamlakatlari o‘z oldiga quyosh, shamol, suv energiyasidan foydalanish orqali muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shuningdek, vodorod, biogaz va boshqalardan kengroq foydalanishga qaratilgan maqsadlarni qo‘yishgan.

Hozirgi vaqtda dunyoda energiya ishlab chiqarishning 0,04 foizdan kamroq qismi quyosh energetikasiga to‘g‘ri keladi. Holbuki, agar yerdagi cho‘llarning bor- yo‘g‘i 4 foizi quyosh panellari bilan qoplansa, hosil bo‘ladigan energiya butun insoniyatning ehtiyojini qondirishga yetadi. Bugungi kunning o‘zida quyosh kollektorlari bilan qoplangan maydon AQSHda 15 milllion metr kvadrat, Yaponiyada 12 million metr kvadratga yetdi. Isroildagi 1 millionga yaqin quyosh energiyasi uskunalari mamlakatni issiq suv bilan ta'minlash hajmining 75 foizini qoplamoqda. Shamol energiyasidan foydalanish ham yuqori sur'atlar bilan rivojlanyapti, Yevropa mamlakatlarida ulardan foydalanish darajasining o‘sishi yiliga 40-45 foizni tashkil etada. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalaridan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularni xarid qilish va dastlabki foydalanish davrida xarajatlarning yuqoriligiga qaramasdan, o‘zini oqlaydi. Masalan, Germaniyada 2050-yilga borib mamlakat umumiy energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 50 foizga yetkazish kutilmoqda.

Tabiiyki, O‘zbekistonda ham muqobil energiya manbalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu yo‘nalishning muhimligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2011-yil yakunlari va 2012-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida qayd etildi: «Biz tabiat tomonidan berilgan noyob, qayta tiklanmaydigan zaxiralar bo‘lmish neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni hamon o‘rganganimiz yo‘q, bu resurslarning katta qismidan ko‘proq yoqilg‘i sifatida foydalanayapmiz, xolos. Muqobil resurslarni izlash va joriy etish ishlari talab darajasida emasligiga alohida e'tibor qaratilib, umuman, ushbu sohada zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar to‘planib qolganini afsus bilan qayd etish kerak».

Haqiqatan ham, O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha katta salohiyatga ega, ekspertlarning baholashiga ko‘ra, ular qayta tiklanmaydigan organik yonilg‘i resurslaridan bir necha barobar ortiq. Respublikada bir yilda quyoshli kunlar 300 kundan ortiq, shamol esuvchi hududlar, shuningdek, elektroenergiya hosil qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan tog‘ daryolari mavjud. O‘zbekiston quyoshli kunlar soni bo‘yicha quyosh energetikasi o‘ta rivojlangan Ispaniyadan ham oldinda. O‘zbekiston sharoitida quyosh resurslari, kichik gidroenergetika, shamol resurslari, biomassa va geotermal energiya muhim sanaladi. Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energetika olisda, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda joylashgan aholi punktlari uchun iqtisodiy asoslangan energiya manbai bo‘lishi mumkin.


Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish