ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Qur’oniy hadisi sharifdagi mavzularning jahon va, xususan, o‘zbek adabiyotiga singib ketishini o‘rganish faqat diniy nuqtayi nazardangina ibratli bo‘lib qolmay, balki Sharq adabiyotining, o‘zbek adabiyotning ham biz uchun mavhum qirralarini oydinlashtirib, hozirgi o‘zbek adabiyotining shajaraviy, moziydan uzilmas aloqalarini tiklashga ham yordam beradi*2. Chunki Shoirlarimiz Xoja Ahmad Yassaviydan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mashrab, So‘fi Olloyorgacha va boshqa
*1.Rajabova.F.Diniyma‘rifiy g‘oyalarning badiiy talqini. ―Fan taraqqiyot va yoshlar‖. 76-bet. Qarshi. 2015.
*2..Islom O‘zbekiston aholisi hayotida. — T.: «Ijtimoiy fikr» Markazi, F.Ebert Jamg’armasi, 2003.
qalam sohiblari ijodida Qur’on va hadisi sharifning katta ta‘sir bor. Hozirgi zamon taraqqiyotining barcha mahsul mevalari o‘tmish xalqlar yaratgan madaniyatni yo‘qqa chiqara olmadi. Shu sababli ilohiy Qur’on va hadislarni ehtirom bilan o‘rganib, o‘gitlarini amalda tadqiq etish ham qarz, ham farz.
Do'stlaringiz bilan baham: |