ONA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy tehnologiyalardan va innovatsion metodlardan foydalangan holda darslarning tashkillanishi va bu jarayonning o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga ijobiy ta’sir etishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari maqola ona tili darslarini qiziqarli tashkillash uchun foydali bo’lgan interfaol metodlar haqida ham ma’lumotlar jamlangan.
Kalit so`zlar: davlat timsoli, ko’rgazmalar, bilimlar, malaka va ko'nikmalar, tafakkur, innovatsion ta’lim texnologiyalari.
Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Maktablarda ona tilimizning o’qitilishi, o’quvchilarning har tomonlama mukammal bilim olishlari uchun jiddiy e’tibor berish talab etilmoqda. Yangi darsliklar, turli fanlarga oid ko’rgazmalar va ko’rsatmali vositalar, elektron kitoblar hamda turli internet saytlari bunga yaqqol misol. Bularning barchasi ona tilimiz rivoji va yangi davr kishilarini shakllantirishga qaratilgan. Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan bilimlar, malaka va ko'nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni echimini topish ustida bosh qotirmoqda.
Ma'lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Bugungi rivojlanib borayotgan mustaqil Oʼzbekistonimizda oʼquvchi-yoshlarni taʼlimga toʼgʼri yoʼnaltirish juda katta ahamiyatga ega. Zero, yurtimizning kelajagi yoshlarimiz qoʼlida. Maʼlumki, oʼquvchilarimizning koʼp vaqtlari maktabda oʼtadi. Ularning taʼlim olishini toʼgʼri tashkil etish esa, biz oʼqituvchilarning zimmasidagi yuksak burchdir.
“Yomon oʼqituvchi”- gapiradi. ”Yaxshi oʼqituvchi”- koʼrsatadi. Zamonaviy oʼqituvchi esa dars jarayonlarida interfaol metodlardan samarali foydalangan holda oʼquvchilar ongidagi boʼshliqni tezda anglab, chora topib, ilm- maʼrifat bilan toʼldiradi. Interfaol metodlarning juda koʼp turlari mavjud. Masalan: Rolli oʼyin, Davra suhbati, Baxs-munozara, Muammoli vaziyatlar, Zanjir, Chala xat, Maktub, Blits soʼrov, Venn diagrammasi, Assisment texnologiyasi, Swot tahlil, Sinkveyn va xakazo. Bu metodlardan ona tili va adabiyot darslarda foydalanish oʼqitish mazmunini yaxshi oʼzlashtirishga olib keladi. Oʼz vaqtida oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasida samimiy aloqalar oʼrnatiladi.
Oʼqitish usullari taʼlim jarayonlarida turli xil koʼrinishlarda kechadi. ( yakka, juft, guruh, katta guruhlarda) namoyon boʼladi.Oʼquv jarayoni oʼquv ehtiyojini qondirish bilan yuqori mativatsiyaga ega boʼladi. Axborat berish, olish va qayta ishlash, oʼzaro muloqatga kirish, fikr bildirish, fikr almashish kabi koʼnikmalarni shakllantiradi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish ta’limni takomillashtirishda innovatsion ta’lim texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir.
Ma‘lumki, hozirgi vaqtda dars - ta‘limning asosiy shaklidir. Dasr jarayonida o‘qituvchining faoliyati asosiy ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘z predmeti bo‘yicha muayyan ma‘lumotlarni yetkazish bilangina cheklanib qolmay, ularni idrok qilishga, mustaqil ishlashga o‘rgatmog‘i lozim. Ana shu muammolarni xal qilishda texnik vositalar va eletron hisoblash texnikasining roli kattadir. Didaktikaning barcha prinsiplari texnik vositalardan foydalanib tashqil qilingan o‘quv-tarbiya jarayonida yuqori samara beradi. O‘quv jarayonini tashqil etishdagi barcha pedogogik talablar ana shu didaktika prinsiplarida o‘z ifodasini topadi. SHu prinsiplar asosida texnik vositalardan foydalanilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan
borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash,ahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Interfaol usullar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan kata tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida foydalanish mumkin bo’lgan interfaol metodlar xususida to’xtalamiz. Ma’lumki, 3-4-sinflarda ona tili o`quv dasturiga ko`ra “ So’z turkumlari“ bo’limini o’rganiladi. Bu bo`lim materiallarini o`rganishda “ Aqliy hujum “ metodidan foydalanish o’quvchilarning keng va har tomonlama erkin fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri “Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. “ Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy tehnologiyalar va innovatsion metodlardan foydalangan holda ona tili darslarni tashkillash bugungi kun o’qituvchilari oldiga qo’yiladigan asosiy talabdir. Innovatsion metodlar orqali darslarni tashkillash nafaqat o’qituvchiga darsni qiziqarli tashkillashga yordam beradi balki, o’quvchilarni darsga jalb etish, darslarni yaxshi o’zlashtirishiga ham o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
To’raqulov X.A. Zamonaviy kompyuter tarmoqlari bo’yicha multimediali elektron o’quv qo’llanma yaratish texnologiyasi //Uzluksiz ta’lim. 2011.
Safo O. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T.: O’qituvchi. 1997.
https://znanio.ru/media/ona-tili-darslarini-interfaol-usullar-asosida-tashkillash-2661522
http://marifatyogdusi.uz/?p=1044
Do'stlaringiz bilan baham: |