FARG‘ONA SHAHAR
36-O‘RTA TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG‘ICH TA'LIM O‘QITUVCHISI
ORIPOVA ODINAXONNING
O‘QISH FANIDAN
“ONA ALLASI”
MAVZUSIDA YOZGAN
DARS
ISHLANMASI
Taqriz.
Ushbu dars ishlanma 1-sinf uchun o‘qish fanidan “Ona allasi” mavzusida tayyorlangan. Dars ishlanma bosqichlari “Dars – muqaddas” tadbiri talablariga mos tuzilgan. Ishlanmada savol-javob, ifodali o‘qish, “O‘rgimchak to‘ri” didaktik o‘yni, “Zanjir” usuli, sahna ko‘rinishi metodlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanilgan. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashlari uchun vaziyatlar yaratilgan. Dars davomida o‘quvchilarni ekologik tarbiyaga e’tibor qaratilgan, kattalarni hurmat qilishga, milliy urf-odatlarni anglash, ilm olish, kitobga bo‘lgan mehrini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Dars ishlanma boshlang‘ich ta’lim metodbirlashmasining 2019 yil dekabr oyidagi 7-sonli yig‘ilishida ma’qullandi.
Metodbirlashma rahbari: F.Isaqova
Do'stlaringiz bilan baham: |