II. O‘tgan mavzu yuzasidan savol javob o‘tkazish va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘qituvchi:
1. Biz o‘tgan “O‘qish” darsimizda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?
2. “Lola” she’rini muallifi kim?
3. Hamid Olimjon to‘g‘risida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
“Zanjir” usulida she’r so‘raladi.
“Lola” she’ri sahna ko‘rinishida
III. Yangi mavzuning bayoni.
Bugun “Ona allasi” rivoyati bilan tanishamiz.
O‘quvchilarga alla qo‘shig‘i haqidagi rivoyatlar aytib beriladi. Qadim zamonda bir kelin farzandlik bo‘libdi. Uning farzandi betob bo‘lib, qolibdi. Bir kuni bola yig‘lay yig‘lay vafot etibdi. Farzandidan ayrilgan ona yig‘lab yig‘lab ollohdan yana farzand so‘rabdi. Olloh unga yana farzand ato etibdi. Ikkinchi farzandi ham qattiq yig‘lab vafot etibdi. Sho‘rlik ona bolalarining dog‘ida kuyib ado bo‘libdi. Kunlarning birida Ollog unga uchinchi bor farzand ato etibdi. Ona bolasini yeru ko‘kka ishonmay katta qilar edi. Har galgiday bu bola ham qattiq yig‘lay boshlabdi. Shunda Ona qattiq qo‘rqib ketibdi. Bor ovozi bilan ollohga nido qilib kuylay boshlabdi.
Alla aytay jonim bolam,
Quloq solgim alla,
Shirin allam tinglab asta
Orom olging alla.
U o‘zining orzularini alamlarini qo‘shiq qilib kuylabdi. Natijada mayin bir qo‘shiq paydo bo‘libdi. Bu qo‘shiqni eshitgan bola asta sekin tinchlanib uxlab qolibdi, Shu-shu Ona bolasini alla aytib uxlatadigan bo‘libdi. Mana shunday qilib alla qo‘shig‘i paydo bo‘lgan .
Bolajonlar aytingchi, kuy qanday ta’sir qildi?
Kuy eshitgan insonning holati qanday bo‘lar ekan?
Bu kuyni eshitgan ayrim insonlar hatto yig‘gan ham ekanlar?
Qanday qilib deysizmi? Keling bunu darsligimizdagi “Ona allasi” rivoyati bilan tanishib bilib olamiz?
Multimedia orqali rivoyat tinglanadi.
-Qadimda zamonda kim bo‘lgan ekan?
-Ularga nima qilishni buyuribdi?
-Oxiri kimni keltiribdilar?
-Onaxon nimani aytishni boshlabdi?
-Podshoh kuyni eshitib nima qilibdi?
-Bu kuy unga kimni eslatibdi?
O‘qituvchi tomonidan rivoyat ifodali o‘qib beriladi, o‘quvchilar kuzatadi.
Ona allasi (Rivoyat).
Qadim zamonda bir podshoh bo‘l gan ekan. U bir kuni qo‘shiqchilarni chaqiribdi. Ularga navbatma-navbat kuylashni buyuribdi. Qo‘shig‘i yoqmaganlarni jazolabdi. Axiyri bir onaxonni keltiribdilar. U alla aytishni boshlabdi.
Podshoh esa qo‘shiqni eshitib, yum- yum yig‘labdi. Bu kuy unga munis onajonini, beg‘ubor bolaligini eslatibdi. Shuningdek, bu allada xalqning orzu- armonlari ham bayon etilgan ekan:
Senga qo‘ydim yaxshi ot, alla,
Yaxshi niyatdir murod, alla.
Yurt-u elga suyansang, alla,
Senga bo‘lg‘usi qanot, alla.
Daftar bilan ishlanadi. O‘quvchilar daftarlariga mavzu va lug‘at ishi bilan ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |