misollar
1- misol. Yashikda 30 ta shar bor, ulardan 10 tasi qizil, 5 tasi ko`k va 15 tasi oq. Tasodifan tanlangan sharning rangli chiqish ehtimolini toping.
2- misol. Mergan uchta sohaga ajratilgan nishonga qarata o`q uzmoqda. O`qning birinchi sohaga tegish ehtimoli 0,45; ikkinchi sohaga tegish ehtimoli 0,35. Merganning bitta o`q uzishda yo birinchi sohaga yoki ikkinchi sohaga tekkizish ehtimolini toping.
3- misol. Yashikda 10 ta detal orasida 3 tasi nostandart. Tavakkaliga olingan 5 ta detal orasida nostandart detal bittadan ortiq bo`lmaslik ehtimolini toping.
2- qoida. Agar A va B hodisalar birgalikda bo`lsa, u holda A+B hodisaning ro`y berish ehtimoli quyidagicha:
P(A+B)=P(A)+P(B)-P(AB)
Do'stlaringiz bilan baham: |