27.Qon guruhlari va qon quyish. Qon ivishi.
Qon guruhi — eritrositlarning individual antigen xususiyatlari ta’rifi bo’lib, eritrositlar membranasida mavjud maxsus uglevod va oqsillarni identifikatsiyalash usullari yordamida aniqlanadi. Odamda bir nechta antigen tizimlari mavjud, Qon donorlari (beruvchilar) va retsipientlar (qabul qiluvchilar) «muvofiq» qon guruhlariga ega bo’lishi kerak. Rossiyada hayotiy belgilarga ko’ra va bir guruhli ABO qon tarkibiy qismlari yo’q bo’lgan holatlarda (bolalardan tashqari), barcha qon guruhli bemorlarga 500 ml gacha miqdorda rezus-manfiy 0(I) guruhli qon quyish mumkin hisoblanadi. Rezus-manfiy eritrotsitlar massasi yoki A (II) yoki B (III) qon guruhlarining donorlaridan olingan suspenziya hayotiy zarur ko’rsatmalarga ko’ra rezus omiliga qaramasdan, AB (IV) guruh retsipientiga quyilishi mumkin. Bir guruhli plazma bo’lmaganda, retsipientga AB (IV) guruhining plazmasi quyilishi mumkin.
Qon ivishi — suyuq qonning yumshoq quyqum (laxta)ga aylanishi; odam va hayvon organizmining qon yoʻqotishga qarshi fiziologik himoya reaksiyasi. Qon tomir zararlanib, qon oqqanda qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilning erimaydigan fibrin holiga aylanishi va bu tolalar qonning shaklli elementlari (trom-botsitlar) bilan oʻralashib quyqum hosil boʻlishi natijasida vujudga keladi va u tomirning shikastlangan joyini toʻsib qoʻyadi.
Qon ivishining asosiy reaksiyalari quyidagilar: faol tromboplastin hosil boʻlishi; protrombin trombinga aylanishi; fibrinogen fibringa aylanishi; fibrinning stabilizatsiyasi.
Normada odam qoni tomirdan chiqqach, 5—12 min.da iviydi. Ayrim patologik holatlarda Qon ivishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin, bu trombozlarga olib keladi.
28. Qоn aylanishining ahamiyati. Yurak, uning kameralari,
Qon aylanishi - yurak qisqarishi tufayli qonning qon oʻtkazish sistemasida harakatlanishi. Qon aylanishi organizm toʻqimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi va gomeostaz turgʻunligini taʼminlaydi. Qon toʻqimaga kislorod, suv, oqsil, uglevodlar, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar va boshqa olib keladi va toʻqimadan karbonat angidrid hamda moddalar almashinuvida paydo boʻlgan boshqa chiqindi moddalarni olib ketadi. Termoregulyatsiya va gumoral regulyatsiyaii amalga oshiradi. Immunitetning muhim omilidir. Qon aylanishi ni 1628 yil ingliz vrachi U.Garvey kashf qilgan.
Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda ochiq Qon aylanishi doirasi mavjud (gemolimfa gavda muskullari yoki tomirlar qisqarishi tufayli harakatlanadi). Odam va ayrim yuqori darajada rivojlangan umurtqasizlarda Qon aylanishi doirasi yopiq boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi doirasi 2 ta. Odam. shu jumladan, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi sxemasi bir xil. Yurak chap qorinchasidan chiqib, toʻqimalar orqali oʻng boʻlmachaga kelgan tomirlar sistemasi katta, oʻng qorinchadan chiqib, oʻpka orqali chap boʻlmachaga kelgani kichik qon aylanish doirasini tashkil etadi. Chap boʻlmachadan qon chap qorinchaga oʻtadi va Qon aylanishi davom etadi. Yurak muskullarining qisqarib-boʻshashishi tufayli qon tomirlarda harakatlanadi. Yurakning bir min.da haydaydigan qon miqdori minutli hajm deyiladi. Odam tinch turganidagi minutli hajm 4—5 l ga teng , emotsional taʼsir holatida esa u 3—4 marta ortadi. Yurak qonni arteriyaga porsiya bilan haydaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |