Қўқон дпи. Илмий хабарлар


Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар



Download 2,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/189
Sana20.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#679855
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   189
Bog'liq
Qoqon DPI jurnal 1 son

Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
o'xshaydi. Urug'dan o'stirilgan o'simliklar 6 haftadan keyin gullashni boshlaydi va 6 hafta o'tgach mevalar 
pishib yetiladi[1, C.299].
Dala sharoitda o'simlik 200 ga yaqin meva va 4000 dan ortiq urug' berishi mumkin. Mevalari quruq 
sharoitda pufaksimon qobiq ichida 3 oy saqlash mumkin. 
OSimlik
tabiiy ravishda urug’i bilan ko'payadi. 
Ayrim mintaqalarda Physalis angulata ekilsada uni dorivor maqsadlarda yetishtirishning maqbul usullari 
ishlab chiqilmagan.
Tropik Afrikada mevalari iste'mol qilinadi, ammo mevani ko'p iste'mol qilish bosh aylanishiga olib 
kelishi mumkin. Ko'proq miqdorda o'simlik qoramol va qo'ylarga zaharli bo'lib, go'shtga mushkga o'xshash 
hid beradi.
Physalis angulata vohalarda, shahar ochiq joylari, buzilgan joylar, yo'l chetlari, ekinzorlar, bog'lar, 
bog'chalar va shudgor qilinadigan joylarda begona o‘t sifatida o‘suvchi o'simlikdir. U nam, unumdor 
tuproqlarda yaxshi o'sadi, to'liq quyosh sharoitini afzal ko'radi, lekin qisman soyada ham yaxshi o‘sadi. 
Umuman olganda, 
Physalis angulata
keng tarqalishini asosiy sababi u tropik, 
subropropik
va issiq haroratli 
o'simlik hisoblanadi. Lekin yuqori haroratlarda o'simliklar yaxshi rivojlanmaydi.
Physalis angulata ko'plab qo'ziqorin kasalliklariga sezgir va pomidor bakteriyasi qo'zg'atuvchisi 
hisoblanadi. O‘simlik tanasida tamaki, kartoshka, qalampir, loviya va boshqa ko'plab ekinlarda uchraydigan 
viruslar, fizalis mitti virusi, shuningdek bir nechta ildiz tugunakli nematodalar mavjud.
Physalis angulata
(boshqa 
Physalis
turlari singari) 2,4-dinitroalanin gerbitsidiga chidamlidir. 
Glifosfat gerbitsidi 
o'simlik
(yosh o'sish bosqichida) bilan 
kurashish
uchun qulay gerbitsid sifatida qaraladi, 
ammo u boshqa ekinlarga zarar yetkazishi mumkin.
Physalis minima bu Physalis angulata sinonimi, ammo Afrikada Physalis minima nomi Physalis 
lagascae va Physalis ixocarpaga no‘to‘g’ri qo‘llanilgan.
Markaziy va Janubiy Amerikada Physalis angulata dorivor o'simlik sifatida keng qo'llaniladi. 
Braziliyada o‘simlik sharbati tinchlantiruvchi, revmatizm va quloq og'rig'ini davolovchi hisoblanadi. O‘simlik 
tarkibidagi anti-muskarin ta'sirga ega bo'lgan tropan alkaloidlari parasimpatik asab tizimining muskarin 
retseptorlari, oshqozon-ichak va mushaklarning spazmlarini davolashda foydalidir. Kodduvarda uyqu 
kasalligi Physalis angulata va Anchomanes difformis barglari aralashmasi bilan davolanadi. Barglaridan 
tayyorlangan malham bolalardagi oftalmiyani davolash uchun qo'llaniladi. Barglari oshqozon og'rig'ini 
davolash uchun klizma sifatida qo'llaniladi va odam issig’i ko‘tarilganda, astma, qusish va diareya xurujlarini 
tinchlantirish uchun palma sharbatiga qo'shiladi [4, C.441]. Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘simlik mevalari ovqat 
hazm qilish va ichak muammolarini davolash uchun qabul qilinadi va tashqi tomondan terining turli xil 
muammolari, masalan, jarohatlar, kuyish va kesilgan joylarni davolash uchun qo'llaniladi. Papua-Yangi 
Gvineyada qabziyatni davolash uchun barglari qaynatib ichiladi. Uning ildizi yallig'lanishga qarshi va 
immunomodulyatsion xususiyatlarga ega. 
OSimlikdan
olingan ba'zi ekstraktlar yoki faol tarkibiy qismlarning 
keng doiradagi biologik faolligi isbotlandi [4, C.441]. So'nggi paytlarda Physalisdagi fizalin birikmasi 
o'smaga qarshi va sitotoksik faolligi tufayli tekshirilmoqda, bundan tashqari ushbu birikma antibakterial, 
antiseptik tasirga ham ega [4, C.440]. Physalis angulata barglari analgetik bo‘lib, tropik Afrikada qichishish, 
turli jarohat, revmatizm va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Physalis angulata o'simligi ikkilamchi metabolitlarni dastlabki skrining tekshiruvi natijasida ko'plab 
fitokimyoviy birikmalar alkaloid, tanin, saponin, steroid, terpenoid, flavonoidlar vakillari aniqlangan[3,
C.1062]. Ushbu ikkinchi darajali metabolitlarning bir nechtasi o'simliklarning xilma-xil dorivor xususiyatlari 
uchun javobgar ekanligi haqida xabar beradi. Ushbu birikmalarning ba'zilari antibakterial ta'sir bilan bog'liq 
va shuning uchun patogenlarga qarshi shifobaxsh xususiyatlarga ega. Physalis angulata etanolli ekstrakti 
tadqiqotlarda o'rganilgan barcha bakterial turlarning (S. aureus, E. coli, K. pnevmoniya, P. aeroginosa) 
ko'payishiga to'sqinlik qilgan. Yuqoridagi mikroblari tufayli kelib chiqqan yuqumli kasalliklar hozirgi kunda 
dunyoning bir qator mamlakatlarida kasallik va o'limning asosiy sababidir [6, C.163]. O'simlik ekstrakti 
tarkibida fenol yoki flavonoidlar mavjudligi tufayli antibakterial faollikga ega. [5, C.3814]
Physalis alkekengi - oddiy paq-paq. O‘simlik yer yuzining tropik mintaqalarida keng tarqalgan. Bo‘yi 
30-60 sm guli oqish bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Gulkosachasi qo‘ng’iroqsimon, gullagandan keyin tez 
kengayib, shishirilgan sharchasimon shaklga kiradi. Iyun - avgust oylarida gullab urug’laydi. Poyasi to‘g’ri 
turuvchi, oddiy bazan shohlangan burchaksimon bukilgan bo‘ladi. Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq 
tuxumsimon bo‘lib, poyada qarama-qarshi, juft ketma-ketlilda joylashgan. O‘simlik mevalari iyul-avgust 
oylarida pishib katta zarg’aldog’ yoki qizil tusga kiradi. Pishmagan mevalar zaharlanishga olib keladi. U ariq 
bo‘ylari nam va soya joylar (yong’oqzor, bog’ va o‘rmonlar) bog’lardagi daraxtlar soyasi tushadigan nam 
joylar, ko‘pchilik xonadonlarda dorivor va manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Xalq tabobatida o‘simlik mevasining damlamasi qizilcha, kamqonlik, jigar, buyrak sikdik pufagi, 
buyrak-tosh, siydik yo‘li kasalliklari, revmatizm va sariq kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Siydik bilan 
bog’liq muammolar, astma, yo'tal, balg'am, faringit, tomoq og'rig'i, ekzema va sariq kasalligini davolash 
uchun xitoyliklar undan foydalanib kelishgan. Zamonaviy tibbiyotda uning mevalari polivitamin sifatida va 
gastrit, meda, ichak kasalliklari, qandli diabet, gipertoniya kasalliklarida istemol qilish tavsiya etiladi. 
Physalis alkekengi tarkibiga sut shakari bo‘lib, u regeneratsiyalash xususiyatiga egadir. U miya faoliyatiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va tinchlantiruvchi xususiyatga ega [2, C.1472].
journal.kspi.uz 
2020/№1
80



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish