On davlat pedagogika instituti bektoshev otabek qodiraliyevich ingliz tili nazariy grammatikasi


Mavzuni mustahkamlash bo’yicha savollar



Download 442 Kb.
bet15/36
Sana01.06.2022
Hajmi442 Kb.
#629173
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
fayl 1826 20210916 (1)

Mavzuni mustahkamlash bo’yicha savollar.


1.Ot sо‘z turkumi vauning grammatik ma’nosini izohlab bering?
2.Otlarda son, kelishik varod (jins) kategoriyalari qanday shakllanadi?
3.Olmosh sо‘z turkumi vauning tasnifini izohlab bering?
4.Olmoshlarga xos grammatik kategoriyalarning ahamiyatini ko’rsatib bering?
5.Olmosh sо‘z turkumi haqida olimlarning fikrlariga tanqidiy fikr bildira olasizmi? Bo’lsa, izohlab bering.
Fe’l so‘z turkumi va unga xos grammatik kategoriyalar.
Reja:
1.Fe’lning so‘z turkumi sifatidagi grammatik mohiyati.

  1. Fe’llarning morfologik va funksional tasnifi.

  2. Fe’lga xos grammatik kategoriyalari:

  1. Shaxs va son kategoriyasi.

  2. Aspekt va zamon kategoriyasi.

  3. Mayl va nisbat kategoriyasi.

  4. Modallik kategoriyasi.

Tayanch iboralar: harakat; holat; jarayon shaxsli shakl; shaxssiz shakl; konversiya; to‘g‘ri (standart): noto‘g‘ri (nostandart); yordamchi va mustaqil fe’l; aspekt; zamon; mayl; nisbat; noaniq; davomli; perfekt; o‘timli; o‘timsiz; modallik.
Fe’lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta’kidlash mumkinki, fe’l mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, harakat, holat yoki jarayonni ifodalaydi. Fe’l quyidagi xususiyatlariga ko‘ra mustaqil so‘z turkumi sifatida xarakterlanadi:
1.Harakat, holat yoki jarayon sifatidagi leksik-grammatik ma’nosi.
2.O‘ziga xos o‘zak yasovchi quyidagi suffikslar(-ize. -en. -ify;) va prefikslarga (re-, over-, out-, miss-, ip) hamda leksik-grammatik so‘z morfemalarga ega ekanligi.
3.Fe’l boshqa so‘z turkumlariga qaraganda so‘z o‘zgartirish va so‘z yasash borasida ancha rivojlangan. Bunga sabab uning bir qancha grammatik kategoriyalarga egaligidir.
4. Fe’lning o‘ziga xos tarzda bog‘lanishi.
5. Gapda turlicha sintaktik vazifalarda kela olishi.
Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir. Grammatikada harakat ma’nosi juda keng bo‘lib, u to sleep, to lie kabi fe’llar ifodalaydigan holatlarni, to afraid, to admire kabi fe’llar ifodalaydigan ruhiy o‘zgarishlarni, to blossom, to grow kabi fe’llar ifodalaydigan biologik jarayonlarni va shu kabi harakat va hodisalarni o‘z ichiga oladi. Bularning hammasi o‘ziga xos xususiy tomonlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan tomoni ham mavjuddir, ya’ni bularning hammasi zamon bilan bog‘liq holda yuz beruvchi hodisalar bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham bu hodisalarning hammasi nima qilmok? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Ularni bir guruhga kiritish va "fe’l" deb atashda ham xuddi ana shu xususiyati asos bo‘lib hisoblanadi.
Fe’l mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, uharakat, holat yoki jarayonni, ya’ni ma’lum bir belgining paydo bo‘lishi va o‘zgarishi kabi harakatni ifodalaydi. Fe’lga xos bunday ma’nolarning barchasi uni boshqa so‘z turkumlaridan farqlashga yordam beradigan umumiy harakat ma’nosiga borib taqaladi.
Yu.S.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo‘ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so‘z turkumi bo‘lib hisoblanadi. Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma’noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma’nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma’lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan:

Download 442 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish