Mavzuni mustahkamlash bo’yicha savollar.
1.Fe’l shaxssiz shakllarining о‘ziga xos xususiyatlarini izohlab bering?
2.Infinitiv va uning morfologik xususiyatlarini tushuntirib bering?
3.Gerundiy va uning morfologik hamda sintaktik xususiyatlari nimalarda aks etadi?
4.Sifatdosh I, Sifatdosh II va ularning morfologik hamda sintaktik xususiyatlarini izohlab bering?
Sifat, ravish va son so‘z turkumlari.
Reja:
1. Sifat so‘z turkumi va uning tasnifi.
2. Sifat darajalari muammosi.
3. Ravish so‘z turkumi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Son so‘z turkumi va holat kategoriyasi.
5. Yordamchi so‘z turkumlari muammosi.
Tayanch iboralar: Asliy sifat; nisbiy sifat; sifatning otlashishi (ad’ektivatsiya); modal so‘zlar; undov so‘zlar; artikl; bog‘lovchi; predlog; yuklama; holat kategoriyasi; pragmalingvistika.
Sifat so‘z t u r k u m i narsa-predmetning belgisi, xususiyati va hajmini ifodalaydigan so‘z turkumidir. Sifatlar leksik ma’nosiga ko‘ra asliy va nisbiy (qualitative and relative) sifatlarga ajratiladi.
Asliy sifatlar narsa-predmetning xususiyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday vositalarsiz ifodalaydi. Masalan, red apple; small bag. Asliy sifatlar daraja kategoriyasiga ega bo‘lib, ularning ravish shakli - 1u qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi.
Nisbiy sifatlar esa predmetning xususiyatini boshqa material (wooden, golden), joy (African, American), payt (weekly, monthly) va ba’zi harakat nomlari (preparetory) orqali ifodalaydi. Masalan, wooden chair; golden watch, weekly magazine; American girl.
Nisbiy sifatlarda daraja kategoriyasi mavjud emas hamda ushbu sifatlarning ravish shakli - 1u qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasalmaydi. Ushbu sifat turlari orasidagi chegara absolyut emas, ya’ni nisbiy sifatlar asliy ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bu holat qisman nisbiy sifatlar ko‘chma ma’no kasb etganda ro‘y beradi. Misol qilib ko‘rsatadigan bo‘lsak wooden chair birikmasida sifat nisbiy holatda, lekin wooden face birikmasida materialga bo‘lgan munosabatini yo‘qotib asliy sifat ma’nosini (hissiz; befarq) ifodalaydi.
Ba’zi olimlar sifatlarni asliy va nisbiydan tashqari sanoq ya’ni sanoqni ifodalovchi sifatlarga ajratadi. Bu turdagi sifatlarga little, few, much, many kabi sifatlarni kiritadi.
Sifatlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri sifatlarning otlashish (Substantivizaion of Adjectives) hodisasidir. Ushbu hodisa barcha tillarga xos bo‘lib ingliz tilida ham keng tarqalgandir.
Otlashgan sifatlar otga xos kategoriyalarni o‘zida namoyon etib, to‘liq(wholly) va qisman (partially) otlashgan sifatlarga ajratiladi.
To‘liq otlashgan sifatlar otga xos barcha grammatik kategoriyalarni mujassamlashtirib, gapda otga xos vazifalarda kela oladi. Otlashgan sifatlar (1) ko‘plik shaklga ega bo‘lishi (natives, fivates, classics); (2) o‘zidan oldin artikl olishi (anative, aprivate, al1 the particulars); (3) ot kabi ega (They uoung must respect the old); predikativ (He is a classic...) yoki to‘ldiruvchi (I would have no confident) vazifalarida kelishi; (4) o‘ziga aniqlovchi (a native of that town) olishi ham mumkin. Gapda biror sintaktik vazifada qo‘llanilgan otlashgan sifatlar faqatgina otga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon etadi. Masalan, qoidaga ko‘ra artikl bilan ishlatilsa-da lekin ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi. Bunday sifatlar ko‘proq umumiy ma’no kasbetadi(When the good cease to tremble at tyranny's nod).
Son so‘z turkumi predmetlarning sanog‘ini, tartibini ko‘rsatuvchi so‘zlardir. Son sanaladigan predmet bilan birga qo‘llanmaganda, ya’ni matematik son ma’nosida kelganda u son oti hisoblanadi. Bunday vaqtda sonning ma’nosi mavxum xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, uch, un besh, uchdan bir kabi sonlar ot bilan birga qo‘llanmaganda faqat sonlarning nomi hisoblanadi.
Sonlar sanaladigan predmetlar bilan birga qo‘llanganda u son turkumini tashkil qiladi. Sifat va ravishga o‘xshash son ham belgi tasavvurini bildiradi - sifat predmetning, ravish - harakatning belgisini bildirsa, son - predmetning mikdorini, sanog‘i va tartibiga ko‘ra belgisini ifodalaydi. Sonlar ("one" dan mustasno) otlar bilan birga qo‘llanilib, bir necha predmetlarning yig‘indisini, aniq mikdorini bildiradi. Shu jihatdan aniq mikdor bildiruvchi bu so‘zlar predmetlarning noaniq mikdorini aniqlovchi little, few, much, many kabi so‘zlardan farqlanib turadi. Sonlar ham predmetlarning aniq yoki noaniq miqdorini ko‘rsatadi; faqat sonlar yozuvda raqam bilan ifodalanishi mumkin, lekin little, few, much, many kabi predmetlarnig noaniq miqdorini bildiruvchi so‘zlar yozuvda raqam bilan ifodalanmaydi. shuning uchun ham ular son hisoblanmaydi.
Ba’zi xorijiy inglizshunoslar (O.Espersen, Kerm) tomonidan zamonaviy ingliz tilida son alohida so‘z turkumi sifatida mavjudligini rad qiladi. Ularning fikricha, sonlar bajargan sintaktik vazifalar qisman ot va qisman sifatlarga mos keladi. Bu fikrni ba’zi olimlar ma’qullasa, ba’zilari qo‘shilmaydilar. Bizning fikrimizcha sonning bunday talqini noo‘rindir. Negaki, son so‘z turkumi ma’lum bir ma’noga, o‘ziga xos morfologik belgiga va sintaktik xususiyatlarga ega.
Ingliz tilida son so‘z turkumi boshqa tillardagi kabi ikki guruhga, ya’ni sanoq va tartib sonlarga bo‘linadi. Hozirgi zamon ingliz tilida sanoq va tartib sonlar o‘zlarining ma’no, shakl va aniqlovchilariga nisbatan munosabatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Biz son so‘z turkumining bu ikki turi o‘rtasidagi semantik farqni ularning nomlanishidan ham anglashimiz mumkin. Ulardagi "sanoq" va "tartib" atamalari shuni ko‘rsatadiki, sanoq sonlar ma’lum bir predmetning muayyan miqdorini (five students) yoki aniq predmetlarning sanog‘ini (Six is more than five) ifodalaydi, tartib sonlar esa bir xil o‘xshash predmetlar o‘rtasidagi predmetni tartib raqamini ifodalaydi (the first lesson).
Sanoq va tartib sonlarning gapdagi vazifasi bir xildir. Shunga qaramasdan ular o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Son so‘z turkumiga xos bo‘lgan sintaktik vazifalardan biri ot bilan birikib aniqlovchi tarzida ishlatilishidir. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |