Elektron katalog kutubxonaning an`anaviy va elektron manbalari tavsiflangan 37.000 dan ortiq yozuvlarni o`z ichiga olgan. Bugungi kunda elektron katalogga universitetda o`qitiladigan mutaxassisliklarga oid barcha adabiyotlar kiritilgan. Hozirda asosan yangi keltirilgan va badiiy adabiyotlarni kiritish ishlari olib borilmoqda.
Ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar universitet o`qituvchilari tomonidan ishlangan (19 yanvarcha: 215 nom o`zbek tilida, 252 - rus tilida va 3 - nemes tilida);
Elektron darslik, universitet o`qituvchilari tomonidan yaratilgan (38 nomda) va informatsion texnologiyalar bo`limi (38 nomda).
Elektron turdagi kitoblar, noyob turdagi kitoblarning to`liq matni 115 nomdan ortiq.
EBCSO Publishing, SpringerLink, Oxford University Press, The Royal Society of London va Integrum (Russia Online) elektron jurnallarning to`liq matnli ma`lumotlar bazasi ingliz, rus va boshqa tillarda bo`lgan 18.000 chet el jurnallar va gazetalarni o`zida qamrab olgan;
Kitoblarning to`liq matnli ma`lumotlar ombori Internet tizimi orqali yig`ilgan (955 nom) (dasturlash, ma`lumotlar ombori, tarmoqlar va x. k., badiiy adabiyotlar), hamda ba`zi bir ko`p so`raladigan kitoblarning elektron nusxasi (99 nom). Ularga kirish Web-sahifa orqali bajariladi;
Virtual mavzuli ko`rgazmalar, kutubxonada mavjud bo`lgan dolzarb yo`nalishlardan bo`lgan pedogogika, psixologiya, masofadan o`qitish, uyali va sputnik aloqa mavzulari bo`yicha adabiyotlarni tashkil etadi. Virtual ko`rgazmada o`quvchilar tanlangan mavzularidagi yangi kitoblarni yaqqol ko`rishlari mumkin.
Internet. Qiroatxonalardagi barcha kompyuterlarda Internetga kirish imkoniyati bor (tezlik 512 kb/s). Kutubxonachilar tomonidan O`zbekistonning, hamda boshqa davlatlarning foydali manzillar web-manbalari tayyorlangan va saytga kiritilgan.
Disketalarni, CD- va DVD-disk o`quvchilar o`z uylariga olib, o`zlarining shaxsiy kompyuterlarida foydalanishlari mumkin.
Kutubxona saytida barcha ma`lumotlar bo`limlarga bo`lingan, ular uchun qidiruv tizimi ishlamoqda.
Universitet resurslarining katta qismi Internet foydalanuvchilar uchun quyidagi manzilda mavjud: http://library.tuit.uz.
Har yili kutubxona va uning resurslari xaqida 1-kurs talabalari uchun (1 para) dars o`tiladi. Dars rejasi:
ARM ning umumiy ma`lumotlari
Foydalnish qoidalari
Elektron katalog
To`liq matnli manbalar (kitoblar, jurnallar, ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar) Kutubxona saytidagi foydali manbalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |