Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Jangnoma
dostonlarida jang lavhalari tasviriga e’tibor qaratiladi. 
Baxshilar bunday dostonlami nisbatan kam ijro etganlar. Hayratli janglar 
tasviri, asar qahramonlarining botirliklari baxshi tomonidan fantastik 
talqinda ifodalanadi. “Yusuf bilan Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, 
“Qirq ming” kabi epos namunalari shular jumlasidandir.
Xalq kitoblari.
XVIII asr oxiri XIX asrda yozma va og'zaki ada- 
biyotlar ijodiy hamkorligi mahsuli sifatida yangi bir yo‘nalishdagi 
dostonlar paydo bo‘la boshladi. Ularda xalq og‘zaki ijodidagi cheklan- 
magan fantastik tasvirlar va yozma adabiyotdagi individual tasvir uy- 
g ‘unlashgan edi. Adabiyotshunoslikda badiiy ijodning bu namunalari 
xalq kitoblari nomi bilan o‘rganildi. Yozma adabiyot vakillari tomonidan 
yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqealar bilan tanishgan 
baxshilar ularga suyangan holda o ‘z nusxa (variant)larini yaratdilar. Shu 
bois xalq kitoblari ko'proq folklorshunoslik tomonidan tahlil etildi. 
“Oshiq G ‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Vomiq va Uzro” 
dostonlari shu tarzda vujudga keldi va o ‘rganildi. Xorazm dostonchiligi, 
asosan, xalq kitoblarini yoddan ijro qilish zaminida shakllandi.
171


Tarixiy dostonlar.
Xalq og‘zaki ijodidagi qo‘shiq, ertak janrlarida 
tarixiy voqealar o ‘z ifodasini topgani kabi dostonlarda ham o‘tmish 
muhrlangan asarlar bor. Bunday asarlar folklorshunoslikda tarixiy dos­
tonlar deb yuritiladi. Qizig‘i shundaki, tarixiy dostonlaming mumtoz na- 
munasi “Oysuluv” yurtimizda ikki yarim ming yil oldin ro‘y bergan mus- 
taqillik uchun olib borilgan kurashning badiiy ifodasi bo‘lib chiqdi. Hero- 
dotning “Tarix” kitobidagi To‘maris voqeasi “Oysuluv” dostonidagiga 
juda o'xshaydi. To‘g ‘risini aytsak, agar “To‘maris” haqidagi rivoyat mat- 
ni saqlanmaganida “Oysuluv”ning yaratilishida tarixiy voqea asos bo‘lga- 
nini aniqlash juda mushkul kechardi. Taniqli olimlar T.Mirzaev va 
B.Sarimsoqov “Oysuluv” dostonining vujudga kelishida To‘maris nomi 
bilan mashhur tarix asos bo‘lganini ilmiy dalillab berganlar76. Tarixiy 
dostonlar repertuari keyinchalik yaratilgan “Tulumbiy”, “Shayboniyxon”, 
“Oychinor” kabi asarlar bilan boyidi. XX asr boshlarida esa “Namoz”, 
“Mamatkarim polvon”, “Jizzax qo‘zg‘aloni” kabi dostonlar paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, dostonlar og'zaki ijod merosidagi murakkab janr 
hisoblanadi. Ularda xalqning xalq sifatida shakllanish jarayonidan tortib, 
tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, odatlari, ijtimoiy hayot haqidagi falsafiy 
qarashlari keng ko‘lamda aks etgan. Baxshilar o ‘z ijrolari bilan bevosita 
xalq ommasining estetik saviyasini oshirishga hissa qo‘shdilar. Xalq 
pedagogikasining talablarini keng ommaga ma’lum qilib bordilar. 0 ‘zbek 
dostonlari ijro an’anasiga ko‘ra xilma-xilligi, mavzulari rang-barangligi 
bilan shuhrat topdi.
Xalq epik ijodining shoh asarlari dostonlar misolida o ‘zbek 
millatining jahon xalqlari ma’naviy va madaniy xazinasiga qo‘shgan 
munosib hissasi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Mazkur merosni 
o ‘rganishda H.Zarifov, M.Alaviya, M.Afzalov, T.G‘oziboev, O.Sobirov, 
Z.Husainova, M.Saidov, J.Qobulniyozov, M.Murodov, B.Sarimsoqov, 
A.Qahhorov kabi marhum olimlar va T.Mirzaev boshchiligida bugungi 
kunda tinimsiz mehnat olib borayotgan S.Ro‘zimboev, O.Safarov, 
A.Musaqulov, M.Jo‘raev, U.Jumanazarov, Sh.Turdimov, J.Eshonqul, 
A.Ergashev kabi tadqiqotchilar xalq oldidagi burchlarini ado etish yo‘lida 
xizmat qilmoqdalar.
76 Мирзаев Т., Саримсоков Б. Достон, унинг турлари ва тарихий таракхисти / Узбек 
фолышорининг эпик жанрлари. - Т.: Фан, 1981. - Б. 32.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish