Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya
muhitining o’rni
Biz investitsiya o’zi nima degan savolga hech ikkilanmasdan, qiynalmagan holda o’z fikrimizni ayta olamiz. Investitsiya bu juda ham zarur sohadir. Ya’ni qaysidir sohani rivojlantirish uchun o’sha sohaga investitsiya kiritilishi zarur. Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda esa o’sha ishlarni olib boorish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish zarur. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o‘sish sur‘atlari investitsiya muhitiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko‘lami, yo‘nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog‘liqdir. Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma‘lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi.Ta’kidlash lozimki, mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, investorlar bilan ishlashda, ayniqsa, joylarda, investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |