Omonimlar
Omonimlar (omo ... va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan,
tasavvuriy bogʻlanmagan,
lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik
aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar
omonimiya deyiladi. O.ning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.
O.ning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib,
bir xil eshitiladigan
soʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida
bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqa tillardan
oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi soʻzlarga
mos kelib qolishi
(turbosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan
uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa O. bir yoki bir necha
soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil
etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliq yoki mutlaq O. deyiladi (chang
— gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim
shakllardagina mos keladigan, boshqa-
boshqa turkumlariga mansub soʻzlar notulik O., boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi,
qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli).
O. bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir
xil yoziladigan, lekin
urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan soʻzlar: olma—olma, tom (uy tomi) — tom (kitob tomi) va
boshqa hamda omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan soʻzlar:
yetti (son) — yetdi (feʼl); yot (begona) — yod (xotira) va boshqa Omonimiyaning mazkur
barcha koʻrinishlariga mansub soʻzlar maʼnosi asosan matn orqali bilinadi.
O. mumtoz adabiyotda tajnis sanʼati va tuyuq janrini yaratishda, askiya payrovlarida esa soʻz
oʻyini va qochiriqsifatida ishlatiladi. Soʻz
ustalari, ayniqsa, shoirlar (Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy,
Bobur, Soʻfi Olloyor, Habibiy va boshqalar) poetik taʼsirchanlikni oshirishda O. dan mahorat
bilan foydalanganlar. Xorazmiyning:Buyung sarvu sanubartek, beling-qil,
Vafo qilgan
kishilarga vafo qil bayti yoki Alisher Navoiyning:Olmani sundi nigorim — ol, —dedi, Olma birla
bu koʻngilni ol, — dedi, Soʻrdim ersa olmasining rangini, Ne soʻrarsan? — olma rangi ol,
dedi.tuyugʻi buning yorqin isbotidir. Dastlabki baytda qil soʻzi 2 maʼnoda (qilga oʻxshash
ingichka; qilmoq feʼlning oʻzagi) ishlatilgan boʻlsa, tuyukda ol soʻzi 3 maʼnoda
ishlatilgan
(buyruq feʼli; koʻngil ovlamoq; qizil rang , ol rang). Abduvahob Madvapiyev, Bozorboy
Oʻrinboyev.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Omoni
mlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Omonimlar&oldid=2387001
"
dan
olindi
Manbalar