Ommaviy qirgʻin qurollari — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirgin qilish) xususiyatlariga koʻra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq hisoblanadi. Ommaviy qirgʻin qurollari q. jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, aso-rat qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. Ommaviy qirgʻin qurollari q.ni ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi deyarli cheklan-magan. Hozircha Ommaviy qirgʻin qurollari q.ning eng katta zaxirasi ikki yirik davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shimoliy Koreya, Iroq va boshqa baʼzi davlatlar Ommaviy qirgʻin qurollari q.ni ishlab chikarish va zaxira hosil qilish harakatida. Ommaviy qirgʻin qurollari q.dan mudofaa qilish choratadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqilgan. Baʼzi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalar)da aholini Ommaviy qirgʻin qurollari q.dan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombapanalar mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashgʻulotlar oʻtkazib turilad
Ommaviy qirgʻin qurollari
Turlari
Biologik
Kimyoviy
Yadroviy
Radioatsion
Davlatlar miqyosida
Albaniya
Jazoir
Argentina
Avstraliya
Braziliya
Balgariya
Kanada
Xitoy
Misr
Fransiya
Germaniya
Hindiston
Eron
Iroq
Isroil
Italiya
Yaponiya
Liviya
Meksika
Myanma
Gollandiya
Shimoliy Koreya
Pokiston
Fillipin
Polsha
Rodeziya
Ruminiya
Rossiya
Saudiya Arabistoni
Janubiy Afrika
Janubiy Koreya
Shvedsiya
Shvitsariya
Suriya
Tayvan
Ukraina
Birlashgan Qirollik
AQSh
Tarqalishi boʻyicha
Kimyoviy
Yadroviy
Raketalar
Shartnomalar
«Uchinchi olam» davlatlari 1992 yilgi OQQ
Davlat
Ballistik raketa
Kimyoviy qurollar
Bakteriologik qurol
Yadro quroli
Afgʻoniston
mavjud
mavjud emas
mavjud emas
mavjud emas
Argentina
mavjud
mavjud emas
mavjud emas
mavjud emas
Braziliya
mavjud
возможно
mavjud emas
mavjud emas
Vyetnam
возможно
вероятно
mavjud emas
mavjud emas
Misr
mavjud
вероятно
mavjud emas
mavjud emas
Isroil
mavjud
вероятно
вероятно
возможно
Hindiston
mavjud
вероятно
mavjud emas
mavjud
Indoneziya
в разработке
возможно
возможно
mavjud emas
Iroq
mavjud emas
mavjud
mavjud emas
mavjud emas
Eron
mavjud
mavjud
вероятно
mavjud emas
Yaman
mavjud
mavjud emas
mavjud emas
mavjud emas
Shimoliy Koreya
mavjud
вероятно
вероятно
mavjud
Janubiy Koreya
mavjud
вероятно
mavjud emas
mavjud emas
Liberiya
mavjud
вероятно
mavjud emas
mavjud emas
Myanma
mavjud emas
вероятно
mavjud emas
mavjud emas
Pokiston
mavjud
вероятно
mavjud emas
mavjud
Saudiya Arabistoni
mavjud
возможно
mavjud emas
mavjud emas
Suriya
mavjud
boʻlishi mumkin
boʻlishi mumkin
mavjud emas
Tailand
возможно
вероятно
mavjud emas
mavjud emas
Tayvan
mavjud
вероятно
вероятно
mavjud emas
Efiopiya
mavjud emas
вероятно
mavjud emas
mavjud emas
Janubiy Afrika
mavjud
возможно
mavjud emas
вероятно
Fetter, Steve. "Ballistic Missiles and Weapons of Mass Destruction," International Security, Summer 1991, pp. 5-42.[koʻrsat]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
OMMAVIY QIRG‘IN QUROLLARI TARQALISHINING OLDINI OLISH VA YADROVIY HAMDA BOSHQA RADIOAKTIV MODDALARNING NOQONUNIY AYLANISHIGA YO‘L QO‘YMASLIK SOHASIDA HAMKORLIK BO‘YICHA LOYIHANI AMALGA OSHIRISH CHORALARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida 2001-yil 5-iyundagi Mudofaa sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining Energetika vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ishtirokchilar) o‘rtasida 2017-yil 1-avgustdagi Yadroviy va boshqa radioaktiv moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi (keyingi o‘rinlarda — Memorandum) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Bitim va Memorandum doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Energetika vazirligi (keyingi o‘rinlarda — AQSh Energetika vazirligi) Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy ma’muriyat orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida Ishtirokchilar bilan birgalikda aniqlanadigan maxsus yadroviy va boshqa radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishini aniqlash va oldini olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va materiallar, shuningdek, o‘qitish va xizmatlar ko‘rsatish ko‘rinishida texnik ko‘maklashishi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha);
b) AQSh Energetika vazirligi tomonidan “Apogee/URSFSII” (AQSh) konsorsiumi Loyiha ijrochisi sifatida belgilangani;
v) Loyihani amalga oshirish doirasida Bitim shartlariga muvofiq:
AQSh Hukumati hisobidan import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar hamda yig‘imlardan ozod etilishi;
“Apogee/URSFSII” (AQSh) konsorsiumi, uning pudratchi tashkilotlari, shuningdek, ushbu konsorsium va uning pudratchi tashkilotlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilishi;
“Apogee/URSFSII” (AQSh) konsorsiumi va uning pudratchi tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Loyihani amalga oshirish uchun ijro etuvchi mas’ul organ etib belgilansin va unga o‘rnatiladigan asbob-uskunalardan samarali foydalanish, ularni hisobga olish va nazorat qilish uchun javobgarlik yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihada ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari Loyihani amalga oshirish muddatida konsullik yig‘imlar va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son) 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirish muddatida unda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga va jalb etiladigan pudratchi tashkilotlarning xodimlariga chegara o‘tkazish punktlariga kirish-chiqish imkoniyatini belgilangan tartibda ta’minlasin.
6. Loyihani amalga oshirish doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, sarflash va boshqa materiallar, butlovchi buyumlar, priborlar, ehtiyot qismlar va asboblar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartibotidan ozod etilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,
2019-yil 13-sentabr,
PQ-4451-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.09.2019-y., 07/19/4451/4210-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)