Daqiqali hisoblanish bo’yicha. Birinchi soniyadan daqiqa bo’yicha tariflash (barcha
Taqdim etiladigan boshlang’ich xizmatlar: mahalliy, shaxarlararo aloqa, raqamni avtomatik aniqlash,
qo’ng’iroqni kutish, boshqa raqamga yo’naltirish, konferens-aloqa, SMS, xalqaro SMS, Internet.
Cheksiz muloqotdan foydalanish, faqat IMO ilovasi orqali audio va video qo'ng'iroqlar uchun taqdim etiladi. IMO uchun mo’ljallangan trafikning texnologik chegarasi 14 kunga 22 500 MB. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo’ng’iroqlar muloqoti bo’yicha emas, balki
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.02.2021 y. kuchga kiritilgan.
(19.01.2021 yil №125/21/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
* Beeline TV va Beeline Music uchun 30 kunlik promo-muddat belgilangan tariflariga kiritilgan. Bitta abonent raqamiga har bir xizmat uchun bir marta promo-muddat taqdim etiladi.
Beeline TV va Beeline Music xizmatlarida promo-muddatni faollashtirish uchun ilovani Android uchun Google Play, IOS uchun App Store yoki www.beeline.uz sayti orqali yuklab olib, ilova o’rnatilgandan so’ng ro'yxatdan o'tish
kerak.
Beeline TV promo-kodini olish uchun *20# USSD kodi teriladi, qabul qilingan kod ilovadagi «Promo-kod» bo'limida faollashtiriladi. Ilovadan ro'yxatdan o'tgandan keyin Beeline Music xizmatidagi promo-muddat taqdim etiladi.
Beeline TV uchun promo-muddat faqat TV kanallarga taqdim etiladi. Promo-muddat tugagandan so'ng (faollashtirilgandan so'ng 30 kun o'tgach), pullik obuna faollashtiriladi: Beeline Music xizmatining kunlik obunasi 499 so'm,
Beeline TV xizmatidagi TV kanallar uchun kunlik obunasi 499 so'm. Tarif rejani boshqa tarifga o'zgartirilganda promo-muddat va uning amal qilish muddati saqlanib qoladi.
Abonent xohlagan vaqtda promo-muddatni mustaqil ravishda o'chirishi mumkin:
- Beeline TV uchun ilovadagi «Obunalar» bo'limida tegishli obunaga o'tib, «O'chirish» tugmasi bosiladi;
- Beeline Music uchun 2 sonini 15100 raqamiga SMS-xabari yuboriladi.
Izoh:
• «XIT» turkumidagi tarif rejalarga yangi ulanish yoki o’tish yopilgan. Agar tarif rejasiga kiritilgan trafik qoldig'i mavjud bo'lsa va boshqa tarifga o'tilsa, foydalanilmagan trafik kuyadi.
•
«XIT», «SUPER XIT», «MEGA XIT», «TOP XIT» tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi – 2 000 so'm. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchi ihtiyoriy o’zi tarif rejadagi abonent to'lovni
muddatidan avval yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish imkoniyatini beradi. Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning
qoldig'i kuyadi. Keyingi 14 kunlik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 14 kunlik interval bilan oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi.
•
Taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketi 14 kun muddat tugagandan so'ng bekor bo’ladi va jamlanmaydi.
•
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi tugagandan so'ng, hisobdan yechilish miqdori belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. MB qoldig'ini tekshirish kodlari - *103#, daqiqa - *106#, SMS - *105#.
•
Agar abonent hisobida ijobiy mablag’ bo'lib, lekin oylik abonent to'lov yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa, u holda abonent to'lovi minusga bir marta yechiladi va tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar va MBlarning
to'liq hajmi taqdim etiladi. Salbiy hisob mavjud bo'lganda abonent to'lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Tarif bo'yicha abonent to'lovi yechilishi va daqiqalar, SMS va MB taqdim etilishi ertalab soat 00:00 dan
06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
•
Ulanish kunidan qat'iy nazar mablag'ning yechilishi va trafikni taqdim etilishi to'liq hajmda amalga oshiriladi.
•
Tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
•
TAS-IX uchun megabaytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ma'lum bir IP-manzillar paketi doirasida sarflanadi (ushbu xizmatlarning ilovalarini o'z ichiga oladi). Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar egalari tomonidan
IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek TAS-IX, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga kiritilmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-
serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda megabaytlardan sarflanmaydi.
•
«XIT» turkumidagi tarif rejalaridagi abonentlar tarmoq ichidagi raqamlardan va boshqa mobil operatorlardan, hattoki nol va salbiy balansda ham kiruvchi qo'ng'iroqlar va SMSlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.
•
Raqamni ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun kunlik abonent to'lovi 421 so'm yechiladi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning 14 kunli abonent to'lovi yechilib va tarif bo’yicha trafiklar
taqdim etiladi. Shu bilan birga, keyingi abonent to'lovi hisobdan yechilish sanasi blok holatidan yechilgan kunidan boshlab 14 kun muddatiga suriladi.
•
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni
qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
• Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti
hisoblanadi;
•
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
•
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476),
Sputnik 2 -
Inmarsat
В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036,
87037, 87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat
GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: