Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.02.2021 y. kuchga kiritilgan.
(11.02.2021 yil №125/21/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«Status Silver OLD» tarifiga o'tish va yangi ulanish yopilgan.
«Status Silver OLD» tarif rejada «Perezagruzka» xizmati mavjud. Ushbu xizmat orqali abonent ihtiyoriy o’zi tarif rejadagi abonent to'lovni muddatidan avval yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish imkoniyatini
beradi. Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig'i kuyadi. Keyingi oylik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1
oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Xizmatni ulash uchun Abonent balansida tarifga ulanishning minimal qiymatiga teng
miqdori bo'lishi kerak.
Oylik abonent to'lovining yechilish sanasi 1 oy interval oralig'ida (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi va tegishli bonuslar yechilishi ertalab soat 00:00
dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan
foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli mablag’gacha to’ldirilgandan so’ng oylik abonent to'lovi yechilib, tarif bo’yicha daqiqalar, SMS va MB taqdim etiladi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to'lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi
yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi.
Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi,
qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
Taqdim etilgan bonuslarning sarflanishi faqat raqamning aktiv holatida bo’lganda, foydalanish mumkin.
Trafik taqdim etilishiga qadar, qo’ng’iroqlar, SMS va internet tarif rejaga muvofiq sarflanadi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*101#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch
hosil qiling.
Tarif bo'yicha oylik abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, oy davomida sarflanmagan barcha yo’nalish uchun Mb paketining qoldig’i kuymaydi va keyingi oyga o’tadi. Shunda oldingi oydan o’tgan va yangi oyda taqdim
etilgan trafikning maksimal umumiy hajmi: «Status Silver OLD» uchun - 36 000 MB gacha yetishi mumkin. Agar abonent to'lovining navbatdagi yechilishi Abonent raqami hisobida mablag' yetarli bo’lmaganligi sababli sodir
bo'lmasa, trafik qoldig'i kuyib ketadi.
Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo'yicha trafik qoldig'i keyingi oyga o'tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin kuyadi.
«Status Silver OLD» tarif rejadagi abonentlar uchun alohida ajratilgan
0777 raqami orqali 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi;
Ushbu rejalardagi abonentlar hisobi nol yoki noldan kam bo’lgan balansda ham tarmoq ichidagi kirish, hamda boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kirish qo’ng’iroqlarini qabul qiladi;
Agar «Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqasiga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni
narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. Agarda tarifga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, va shu tarifdan 1 yildan ko’proq foydalanilgan bo’lsa, “oltin raqam”ni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga
o’tish imkoni mavjud.
Tarif rejaga o'tilganda, avvalgi tarifdagi kiritilgan barcha yo’nalish uchun Mb paketining foydalanilmagan qoldig'i kuymaydi va yangi taqdim etilgan paket bilan faqat bir marta jamlanadi. Shuningdek amal qilish muddati
oxirgi trafik muddatiga tenglashtiriladi. Qolgan boshqa trafik qoldig'i esa o’tmaydi va kuyadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni
qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037,
87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (коды: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD,
Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: