Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 19.05.2022 y. kuchga kiritilgan.
(19.05.2022 yil № 1232/22 sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
NARXNOMA
(Arxiv tarif rejalar)
Tarif rejasi
Click+
Tarif rejaning tavsifi
Taqdim etiladigan boshlang’ich xizmatlar: SMS, Internet
Abonent to’lovi, so’m*
15 000/oyiga
MB paketi barcha yo'nalish uchun
1 024
Facebook, Odnoklassniki, Instagram, Telegram, WhatsApp va Viber uchun MB paketi
1 024
«TAS-IX» hududiga kiradigan saytlar uchun MB paketi
1 024
Internet, 1 MB, so’m
25
Izoh:
-
«Click+» tarifiga yangi ulanish va boshqa tariflardan o'tish yopilgan.
-
«Click+» tarif rejasida ovozli aloqa xizmati (daqiqa paketi, AntiAON, Raqamni aniqlash xizmati, Beepul ilovasi orqali BEEP yordamida daqiqaga almashtirish xizmati, Beeclub orqali daqiqaga almashtirish va
hokazo) taqdim etilmaydi, shuningdek, «Bonus 50» aksiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
Ushbu tarif rejada «Perezagruzka» xizmati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi – 2 000 so'm. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchi ihtiyoriy o’zi tariff rejadagi abonent to'lovni muddatidan avval
yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish imkoniyatini beradi. Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlarning qoldig'i
kuyadi. Keyingi oylik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1 oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga
oshiriladi.
-
Shuni ma’lumot qilamizki, internet-trafik balansi, xizmatlar uchun ma'lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi. Shuni ma’lumot qilamizki, oylik abonent to'lovi yechilishi va trafikning taqdim etilishi
har oyning vaqti ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha amalga oshiriladi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103# kodini terib trafik Sizga taqdim etilganligini aniqlashingizni so’raymiz.
-
Trafik taqdim etilguniga qadar, Internet xizmati uchun tarif rejaga muvofiq tariflanadi.
-
Agar oylik abonent to’lovi yechilishi uchun balansda yetarlicha mablag’ bo’lmasa, bir marta manfiy balans hisobiga abonent to’lovi yechiladi va oylik MB paketi taqdim etiladi.
-
Abonent raqami nofaol holatda bo'lsa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Agar hisobni to’ldirilgandan so’ng, blok holatidan chiqib, oylik abonent to'lovining yechilishi tungi soat
00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda yechilib, tarif bo’yicha MB paketi taqdim etiladi.
-
Taqdim etilgan MB paketi muddati 1 oy, muddati tugaganda kuyib ketadi va boshqa paket bilan jamlanmaydi.
-
Oylik abonent to'lovi yechilishi va MB trafikning taqdim etilishi, oyning qolgan kunlaridan qat'iy nazar, to’liq hajmda taqdim etiladi.
-
Agar raqam blok holatiga tushirilsa, unda abonent to'lovi yechilmaydi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechilib va tarif bo’yicha trafik taqdim etiladi. Shu bilan birga,
avval taqdim etilgan MB paketning qoldig’i kuyib ketadi. Keyingi oylik abonent to'lovi hisobdan yechilish sanasi blok holatidan ochilgan kunidan boshlab 1 oy muddatiga suriladi.
-
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
-
TAS-IX uchun megabaytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ma'lum bir IP-manzillar paketi doirasida sarflanadi (ushbu xizmatlarning ilovalarini o'z ichiga oladi). Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar
egalari tomonidan IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek TAS-IX, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga kiritilmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki
balansdan amalga oshiriladi. Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda megabaytlardan sarflanmaydi.
-
Xizmatlar sessiya vaqtida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga muvofiq narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 Kbgacha aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan
so’ng, hisobdan to’g’ri sarflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
-
Internet-paketini xarid qilganda noto'g'ri tarifikatsiyani oldini olish uchun joriy Internet-sessiyani tugatib, keyin esa yangisini boshlash kerak.
-
Tarif rejani o'zgartirganda, tarif bo’yicha berilgan Internet trafik kuyadi. Harid qilingan internet-paket trafik esa, saqlanib qoladi.
-
Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega.
-
Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – SMS yuborish, Internetdan foydalanish) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya.
Agar ketma-ket davomida 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi miqdori nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |