Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 19.05.2022 y. kuchga kiritilgan.
(19.05.2022 yil № 1232/22 sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
NARXNOMA
(Arxiv tarif rejalar)
ProINTERNET turkumidagi tarif rejalar
2 GB
5 GB
15 GB
30 GB
Birinchi soniyadan boshlab daqiqa bo’yicha tariflash
(Barcha so’zlashuvlar navbatdagi to’liq daqiqaga yaxlitlanib boriladi).
Taqdim etiladigan boshlang’ich xizmatlar: mahalliy, shaxarlararo aloqa, raqamni avtomatik aniqlash,
qo’ng’iroqni kutish, boshqa raqamga yo’naltirish, konferens-aloqa, SMS, xalqaro SMS, Internet.
Oylik abonent to’lovi, so’m
15 000
25 000
50 000
75 000
Barcha yo’nalishlarga MB paketi
2 048
5 120
15 360
30 720
Mahalliy aloqa xizmatlari
so’m
Barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar
0
Тarmoq ichida chiquvchi qo’ng’iroqlar, daqiqasiga
100
O’zbekiston bo’yicha boshqa yo’nalishlarga chiquvchi qo’ng’iroqlar, daqiqasiga
100
O’zbekiston bo’yicha boshqa uyali operatorlarga chiquvchi SMS, 1 dona
100
1 MB narxi, so’m
Tarifga kiritilgan trafik tugashi bilan xizmatdan foydalanish imkoni bo'lmaydi*
* Tarifga kiritilgan internet-trafik tugaganda abonent «Perezagruzka» xizmatidan foydalanishi mumkin. «Perezagruzka» xizmati abonent to'lovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan trafikni taqdim etish imkonini beradi. Xiz-
matni yoqish kodi - *5#. Agar tarif bo'yicha avval taqdim etilgan MB qolgan bo'lsa, «Perezagruzka» xizmati yoqilgandan so'ng yangi berilgan trafik avvalgisiga qo'shiladi. Keyingi abonent to'lovi yechilish sanasi oyning 1-sanasiga
bog'lanmagan holda oxirgi abonent to'lovi yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi. «2GB», «5GB», «15GB», «30GB» tariflarida «Perezagruzka» xizmatining narxi - 0 so'm.
Izoh:
-
«2GB», «5GB», «15GB», «30GB»
tariflar to’plamiga yangi ulanish va boshqa tariflardan o'tish yopilgan.
«2 GB», «5 GB», «15 GB», «30 GB» tariflarida quyidagi qo'shimcha xizmatlar ishlaydi: «Perezagruzka», «Muloqot ulashing» xizmati orqali internet-trafik yuborish va qabul qilish, «Qadamlar uchun Giglar», «Beepul» bonus
tizimi orqali Beeplarni internet-paketlarga almashtirish, «Beeline club 2.0» Beeplarni almashtirish, «Avtoto'lov», «Sirli qo’ng’iroq», kontent xizmatlarni yoqtirish (shu jumladan Uzcard), Oltin raqamlarni muddatli to'lovga
olish, «Mega hafta», «Erkin muloqot», «Erkin muloqot+», «Extra», «Ko'pso'zla», «PLUS» paketlari, oylik internet paketlar, 4G internet paketlari (4G Kun, 4G hafta, 4G Oy), kunlik va haftalik turkumlaridagi internet paketlar,
«IMO 20» paketi, «4G bonus» aksiyasi doirasida Beeline ilovalarida taqdim etiladigan bonus Mblar . «Beeline club 2.0» sodiqlik dasturi bo‘yicha Beeplarni almashtirish xalqaro SMS larga almashtirishdan tashqari barcha
xizmatlar uchun mavjud. Qolgan xizmatlar, shu jumladan, xalqaro aloqa, xalqaro SMS yuborish, rouming ushbu tariflarda ishlamaydi.
Abonent to'lovi yechilishi oyning 1-sanasiga bog'lanmagan holda har 1 oyda amalga oshiriladi.
Tarif bo'yicha kiritilgan MB qoldig'i kuymaydi va keyingi oyga o'tadi.
Agar abonent to'lovining navbatdagi yechilishi hisobdagi mablag' yetarli emasligi sababli oylik abonent to'lovi yechilmasa, tarif bo'yicha kiritilgan Mb paketining qoldig'i saqlanib qoladi, bunda oylik abonent to'lovining keyingi
yechilishi uchun foydalanish mumkin bo'lmaydi. Abonent hisobni yetarli miqdorda to'ldirgandan so'ng, oylik abonent to'lovi avtomatik tarzda yechiladi va kiritilgan trafik taqdim etiladi. Shu bilan birga, o'tgan oydagi trafik
qoldig'i yangi hisoblangan trafik bilan jamlanadi va undan foydalanish uchun imkoniyat bo'ladi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to'lovi yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi.
Oylik abonent to'lovi yechilmaganligi sababli tarif bo'yicha kiritilgan Mb paketini sarflash imkoniyati bo'lmasa, abonent boshqa qo'shimcha xizmatlar va paketlar bo'yicha sarflanmagan qoldiqni sarflashi mumkin (agar hisobi
0dan baland bo'lsa).
Abonent raqami hisobida abonent to'lovini yechish uchun yetarli mablag' bo'lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, tarifga kiritilgan trafik taqdim etilmaydi, abonent raqami hisobi qarzga yechilmaydi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda, blokirovka uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Blokdan chiqarilgandan so'ng, agarda Abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa, oylik abonent to'lovi yechiladi va trafik
taqdim etiladi. Shu bilan birga blokirovka qilishdan avval qolgan trafik kuyib ketadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to'lovi yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi.
Tariflar faqat O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va xalqaro roumingda ishlamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |