7.
Test qiymati va toʻlov tartibi
7.1.
Test va apellyatsiya qiymati Test markazining Onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish
paytida, Testlar roʻyxatida koʻrsatilgan boʻladi.
7.2.
Nomzod Test yoki apellyatsiyaga ariza topshirgandan soʻng 5 soat ichida Test
Markaziga Test yoki apellyatsiya qiymatini toʻlashi shart.
7.3.
Test topshirish uchun barcha toʻlovlar elektron toʻlov tizimlari (Payme, Uzcard) orqali
amalga oshiriladi.
8.
Oferta shartnomasi muddati va uni bekor qilish tartibi
8.1.
Ushbu Oferta shartnomasi 3.1-bandda koʻrsatilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va
tomonlar tomonidan bekor qilinmaguncha amal qiladi.
8.2.
Ushbu Oferta shartnomasi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar
boʻyicha, shuningdek, Nomzod tomonidan Test topshirishni oʻtkazib yuborish yoki Testdan
diskvalifikatsiya bolish holatlari 3 martadan ortiq qaytarilganda bekor qilinishi mumkin.
9.
Qoʻshimcha shartlar
9.1.
Testning Nomzod tomonidan Onlayn platformada tanlangan sanasida, Testni
oʻtkazilishda fors-major holat yoki obyektiv sabablarga koʻra imkoni boʻlmagan hollarda Test
Markazi Testni oʻtkazish sanasini keyinga qoldirishga haqli va bu haqda Nomzodni SMS
xabarnoma va elektron pochta orqali xabardor qilishi shart.
9.2.
Test bilan bogʻliq barcha yangiliklar va xabarlar Test Markazi tomonidan,
Nomzodning shaxsiy kabinetida koʻrsatilgan elektron pochta yoki mobil raqamiga SMS-xabar
orqali yuborilishi mumkin.
Nomzod shaxsiy kabinetida koʻrsatilgan mobil raqami yoki elektron pochta manzili
oʻzgargan holda
yoki ular boʻyicha xabarlarni qabul qilishning boshqa imkoni boʻlmagan taqdirda
Test markazini xabardor qilishi lozim, aks holda, Test Markaz tomonidan Test Markaziga oxirgi
maʼlum boʻlgan manzillarga yuborilgan yangiliklar va xabarlar belgilangan tartibda joʻnatilgan
deb hisoblanadi.
9.3.
Test kunida nomzoddan yozma asosli shikoyat va daʼvolar boʻlmagan taqdirda Test
Markazi tomonidan yetkazib berilgan barcha xizmatlar belgilangan tartibda amalga oshirilgan deb
hisoblanadi.
9.4.
Ushbu oferta shartnoma boʻyicha barcha nizolar amaldagi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu oferta shartnomasi boʻyicha nizolarni koʻrib chiqish
boʻyicha daʼvo tartibi majburiydir.
9.5.
Ushbu oferta shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki
lozim darajada
bajarmaganliklari uchun tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga
muvofiq bir xil javobgar boʻladilar.
10.
Test markazining manzili va bank rekvizitlari:
"BILIM VA KOʻNIKMALARNI BAHOLASH MARKAZI" MChJ
Yuridik manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sodiq Azimov koʻchasi 50-uy.
Hisob raqam: 2020 8000 5053 3815 0002
Bank: "Universalbank" ATB Toshkent filiali
STIR: 308096570, MFO: 00996, OKED: 85600