4.
Test topshirish tartibi
4.1.
Roʻyxatdan oʻtib va Ofertani aksept qilgandan soʻng, Nomzod Onlayn platformada
oʻzi topshirmoqchi boʻlgan Testni, soʻngra esa Test topshirish uchun mavjud kunni tanlaydi.
Onlayn platforma avtomatik ravishda Nomzodga Test topshirish uchun joy band qiladi va
Nomzodga Test qiymatini toʻlash uchun hisob taqdim etadi. Nomzod taqdim etilgan Test toʻlovini
5 soat ichida toʻlashi lozim, boʻlmasa onlayn-platforma tomonidan Nomzodning Test topshirish
uchun band qilingan joyini avtomatik ravishda bekor qiladi.
4.2.
Nomzodning yoki unga xizmat koʻrsatuvchi bankning aybi bilan Testning toʻlovi
Test markazining hisob raqamiga tushmagan taqdirda, Onlayn platforma Nomzodni Testga
kiritmaslik huquqiga ega.
4.3.
Tolov muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan soʻng, Elektron platforma Nomzodning
elektron pochtasiga Test haqida toʻliq maʼlumot yuboriladi, va telefon raqamiga SMS-xabar orqali
Test sanasi va vaqti joʻnatiladi.
4.4.
Testga kelganda Nomzod oʻzi bilan Onlayn platformada koʻrsatilgan seriya va
raqamiga toʻgʻri keladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olib kelishi lozim
4.5.
Agar Nomzod Testga kechikib kelsa (Test boshlanganidan keyin kelsa), Nomzod
Testga qoʻyilmaydi hamda Test uchun toʻlangan toʻlov ham qaytarilmaydi.
4.6.
Test markazi Testda ish yuritish buyumlari (qalam, qogʻoz) mavjudligini
taʼminlaydi.
4.7.
Nomzod Test oʻtkaziladigan auditoriyaga sumka, uyali telefon, planshet,
quloqchinlar, peyjer, ovoz yozish apparati, kitob va lugʻatlar, choʻntak noutbuklari va boshqa
elektron moslamalarni olib kirishi taqiqlanadi. Test vaqtida Nomzodda yuqoridagi narsalar topilsa,
nomzod Testdan chetlashtiriladi va Testda qatnashmagan deb hisoblanadi, hamda Nomzodga Test
uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
4.8.
Test kunida (Test boshlanishidan oldin) Nomzod Test oʻtkaziladigan joyda suratga
tushishi lozim (Nomzodning fotosurati Test Markazi tomonidan olinadi va faqatgina ushbu Oferta
shartnomasi maqsadlari doirasida foydalaniladi).
4.9.
Nomzod oʻzining shaxsiy va biometrik maʼlumotlarini Test Markazi tomonidan
qayta ishlanishiga rozilik beradi. Shaxsiy va biometrik maʼlumotlarni qayta ishlash Oʻzbekiston
Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-sonli
Qonunida nazarda tutilgan qabul qilish, saqlash, joʻnatish, shuningdek, boshqa harakatlarni oʻz
ichiga oladi.
Nomzod Onlayn platformadan roʻyxatdan oʻtayotganda shaxsiy va biometrik
maʼlumotlarini Test markazining maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Nomzodning biometrik maʼlumotlari Test markazining xavfsiz serverida saqlanadi va
tashkilotga aloqasi yoʻq shaxslarga taqdim etilmaydi.
Test markaziga shaxsiy biometrik maʼlumotlarini taqdim etmagan nomzod Test
sinovlarida qatnashishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |