7. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
7.1. Mijoz istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan voz kechishi mumkin, buning uchun Ilovani
akkauntidan o‘chirib tashlaydi.
7.2. Akkaunt o‘chirib tashlangan vaqtdan boshlab Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Ushbu
Shartnomaning bekor qilinishi Ilova doirasidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha Shartnomaning
tugatilganini anglatmaydi, agar bunday xizmatlar faollashtirilgan bo‘lsa.
7.3.Mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlanishiga roziligini chaqirib olish huquqiga ega, bu
haqda u Shartnomaning 10-bo‘limida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha elektron pochtaga xat
jo‘natadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |