1.
ASOSIY ATAMA VA TUSHUNCHALAR
«TBC Bank» ATB mobil ilovasi
– mobil texnologiyalar negizida yaratilgan maxsus dasturiy
ta’minot bo‘lib, onlayn rejimida bank operatsiyalarini amalga oshirish, hisobvaraqlar holati
to‘g‘risida ma’lumotlar olish va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda «TBC Bank» ATBning
funksional mobil ilovasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish uchun mo‘ljallanadi.
Mijoz
– yuridik salohiyatli jismoniy shaxs, bank kartasining egasi.
Bank kartasi
– operatsiyalarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, onlayn rejimida ishlaydigan bank
to‘lov kartasi, O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan emissiya qilinadi va «TBC Bank»
ATB mobil ilovasida ro‘yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |