- Elektron pullarni
chiqarish, hisobga olish va to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha;
- mablag‘larni noto‘g‘ri o‘tkazish va/yoki yechish bilan bog‘liq nizoli holatlar bo‘yicha.
8.2. Xizmat ko‘rsatish shartlari (shu jumladan Emitent komissiyalari, pul o‘tkazish operatsiyalarini amalga
oshiruvchi tashkilotlar va Elektron pullar tizimi operatorining mukofotlarini o‘z ichiga oladi), Elektron
pullar vositasidan foydalanish, emitent, Elektron pullar tizimi operatori va to‘lov
agenti yoki subagenti
sifatida to‘lov operatsiyalarini amalga oshiruvchi uchinchi shaxslar haqidagi maʼlumotlar Elektron pullar
tizimi operatorining web-saytida joylashgan (ushbu haqda tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning
www.beeline.uz rasmiy web-saytida joylashtiriladi).
8.2.1. Abonent Operatorning axborot tizimi va tarmog‘i orqali Mobil elektron to‘lov
xizmatlaridan
foydalanishni boshlashidan oldin ushbu maʼlumotlar bilan tanishib chiqishi shart.
8.3. Mobil elektron to‘lov xizmatlari imkoniyatlari boshqa yetkazib beruvchilar va emitentlarni hamkor
sifatida jalb qilish yoki ushbu qoidalarga boshqa o‘zgartirishlar kiritish orqali kengaytirilishi yoki
o‘zgartirilishi mumkin.
Ushbu haqida tegishli maʼlumotlar
Operatorning
w
eb-saytida «Xizmatlar uchun to'lov» bo'limida yoki
Elektron pullar tizimi operatorining
w
eb-saytida joylashtiriladi yoxud tegishli mobil ilova orqali xabarnoma
eʼlon qilinadi.
8.4. Abonent ushbu Qoidalarning barcha shartlariga o‘z roziligini bildirishi bilan bir qatorda, Operatordan
Mobil elektron to‘lov xizmatlariga oid SMS-xabarlarni, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish
vaqtida
ko‘rsatiladigan o‘zining elektron pochta manziliga tegishli xabarlarni va yangiliklarni qabul qilishga rozilik
beradi.
8.5. Operator uchinchi shaxslar bilan tuzilgan maxfiylik to‘g‘risidagi Shartnoma asosida Abonentning
shaxsiy maʼlumotlarini faqat ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish maqsadida qayta
ishlashga topshirishi mumkin.
Abonentga Mobil elektron to‘lov xizmatlari bo‘yicha
maslahatlar Kompaniyaning
www.beeline.uz
rasmiy
saytida joylashtirilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali qo‘llab-quvvatlash markazi (Call-markaz)
tomonidan amalga oshiriladi.
8.6. Elektron pullar tizimining operatori elektron hamyonlardan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha
operatsiyalarning ro‘yxatga olinishini, operatsiyalar to‘g‘risida statistik va axborot tarzidagi hisobotlarning
shakllantirilishini va operatsiyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ular shakllantirilgan, jo‘natilgan
yoki qabul
qilingan formatda, yaxlitligi va o‘zgarmasligiga amal qilgan holda 5 (besh) yildan kam bo‘lmagan muddatda
saqlanishini taʼminlaydi.
8.7. Ushbu Qoidalar va unga kiritilgan barcha ilovalar Ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi va
Operatorning saytida eʼlon qilinadi.
8.8. Ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan barcha huquqiy munosabatlar Ommaviy oferta qoidalariga
muvofiq yoki amaldagi qonunchilik doirasida tartibga solinadi.
9. Amal qilish muddati
9.1. Ushbu Qoidalar Ommaviy ofertaning amal qilishi davrida to‘liq amal qiladi (Operator tomonidan
tegishli xabarnoma berish orqali Mobil elektron to‘lov xizmatlari taqdim etilishini to‘liq to‘xtatish/tugatish
hollari bundan mustasno).