Ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari -aholini jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga jalb etishga va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar
O’zbekston Davlat Jaxon tillar universiteti Jismoniy tarbiya va sport fanidan Mustaqil ish Mavzu:Ommaviy sport va sog'lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat tadbirlarida turli sport musobaqalarida ishtirok etish. Bajardi: 1-fakultet. 2139-grux talabasi Raxmatillayeva Muslima. Tekshirdi: Umidulla Muxammedjanov.
Mavzu:Ommaviy spor va sog’lomlashtiruvchi jismoni madaniyat tadbirlarida turli sport musobaqalarida ishtirok etish. Reja: Ommaviy sportni rivojlantirishdagi chora tadbirlar Aholi o’rtasida jismoniy madaniyatni rivojlantirish Sog’lom hayot va sport Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Bugungi kunda hayotimizning ayrim javxalarida jismoniy madaniyat o’z tasirini ko’rsatib kelmoqda. Albatta bu ijobiy tomonlama.
Darhaqiat, ayni paytda yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish yulida ko’plab chora tadbirlar olib borilmoqda. Yangidan yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda.
Ommaviy sportni rivojlantirishni dastlab maktagacha ta’lim muassasalardan boshlanmoqda. Bunga sabab yoshlar ongida jismoniy madaniyatni shakllantirishdir.
Presidential Sh. M. Mirzayevning “Ommaviy sportni rivojlantirish” to’g’risidagi qarorlariga muvofiq barcha muassasalarda jismoniy tarbiya xonalari, soatlari ajratilgan. Qonunga muvofiq o’zini o’zi boshqarish organlarida ham chora tadbirlar olib borilmoqda. Ayni paytda yoshlar va yoshi kattalar uchun ham turli xil musobaqalar uyushtirilmoqda. Bundan maqsad nima? Albatta jamiyatda sog’lom hayotni rivojlantirish.
Ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari -aholini jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga jalb etishga va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar.
Ommaviy sport.
Sportning tashkil etilgan va mustaqil mashg’ulotlar, shuningdek ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o’tkazish orqali aholini jismoniy tarbiyalash , sog’lomlashtirish kamol toptirish hamda jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga jalb etishga doir qismi.
Sport-odamlarning muayyan qoidalar bo’yicha tashkil etilgan ularning jismoniy va intellectual qobilyatini taqqoslashdan iborat bo’lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati,shuningdek ushbu faoliyatga
tayyorgarlik ko’rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar.
Bugungi kunda sport bo’yicha erishilgan yutuqlarimiz juda yuqori. Albatta buning orqasida yaratilgan imkoniyatlar, shart sharoitlar samarasidir . Agarda inson o’zida ham jismoniy madaniyat ham jismoniy tarbiyani rivojlantirsa o’zi uchun katta natija bo’ladi.
Bu sharoitlar, imkoniyatlar uchun avvalombor presidentimizga minnatdorchilik bildiramiz.
Aynidamda yoshlar o’rtasida turli xil musobaqalar uyushtirilmoqda. Misol ichun “Umid nihollari”,”Barkamol avlod” kabi musobaqalar tashkil etilgan. Bu musobaqalarda yoshlar yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar.