1-modda: O‘zbekiston suveren demokratik respublika.
4-modda:O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
10-modda:O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika va oily majlisi va prezidenti ish olib borishi mumkin.
18-modda: O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar.
41-modda: Har kim bilim olish xuquqiga ega. Bepul umumiy bilim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
48-modda: Fuqarolar konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiqan dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi.
Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator ijtimoiy fanlarga oid tadqiqotlar ko‘proq ommaviyligi bilan tavsiflansa, Aniq fanlarga oid tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko‘proq anglashilarli bo‘ladi. To‘g‘ri, turli fanlarga oid xulosalar ham barcha mutaxassislar uchun aniq emas. Masalan: aruz bahrlari haqidagi fikrlar hamma uchun ham tushunarli bo‘lavermaydi. Biroq bir kimyoviy qolip yoki riyoziy tenglamaning aniqligi mutaxassis faoliyati bilan yanada bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, ilmiy uslubda atamalar ko‘proq qo‘llaniladi. Termin masalasida shuni aytish kerakki, termin doim xalqchil bo‘lishi kerak. Bir tushuncha uchun aniq bir terminni qo‘llash ma’qul hisoblanadi.
Bir tushuncha uchun 2-3 termin qo‘llanishi noaniqlik keltirib chiqaradi. Demak, mantiiqiy dalillanish va tasvifiy aniqlik ilmiy uslubning eng muhim masalalaridan biridir.
Ilmiy uslub (yoki ilmiy bayon uslubi)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008 yil. 2. Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” Toshkent “Sharq” 1992 yil. 3. Boqijon To’xliyev “Adabiyot” Toshkent “O’qituvchi” 2005yil. 4. Ona tili va adabiyot. A.Rafiyev,N.G`ulomova.2011-yil. 5.Ona tili va adabiyot. A.G`ulomov.1998-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |