Transfert to ‘lovlar - bu о ‘tkazma to ‘lovlar, davlat byudjeti
vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan biri.
Bu to ‘lovlar:
- xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
- davlat qarzlari bo‘yicha foiz to io vlari;
- ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to ‘lanadigan pul
m ablag‘Iari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan transfert to ‘lovlar kam ta’min-
langan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning
boquvidagi kishilarga hamda ishsizlarga nafaqa to ‘lash ko‘rinishida
b o ‘ladi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar
orqali ta ’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy usullaming mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish
jam oasiga ular manfaati b o ‘lishini ta ’minlovchi iqtisodiy sharoit
yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizim ida iqtisodiy usullar
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta ’sir vositalari y ig ‘indisidan (narx,
kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag‘batlantirish
va h.k.), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta ’sir etishning har bir jam oa mos
x o ‘jalik bo‘g ‘ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi
tadbirlaridan iboratdir.
170
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri - biznes-reja va
bozoming uzviy bog‘lik bo‘lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar
resurslari to‘g ‘ri nisbatini ta ’minlashdir.
Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi
balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga
nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi o ‘matiladi. Bozor tamoyillari
xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari
bo‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik,
tavakkalchilikni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti m a’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan
qarama-qarshi tizim bo‘lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida
tartibga solish eng avvalo, ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o ‘zgarishini qat’iy
tartibga solmay barqarorlikka erishib bo'lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng
imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular mohirona va o ‘z vaqtida tashkiliy-
farmoyishli, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo‘shib
olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv
usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlam i umum-
milliy manfaatlami ko‘zlab, xo'jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy
qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga
intilgan holda boshqarishning o ‘zaro uzviy bog‘lik tizimidan ibo-
ratdir.
Biznes-reja
vositasida
hal
etiladigan
asosiy
vazifalar
quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi yo‘nalishlari va
maqsadlami amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning
barqaror, mutanosib o ‘sishini ta ’minlash, moddiy, mehnat va moli
yaviy resurslami tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o ‘rtasida taqsim-
lash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy
etishni ta’minlash; tarmoqlararo
integratsiya, tarmoq ichida
ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koor-
dinatsiya qilish.
Biznes-reja korxona, aksionerlar jamiyati, konsemlar faoliyati-
ning hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish;
moddiy-texnikaviy ta ’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foyda-
171
lanish, mehnat va ish haqi, jam oada ijtimoiy jarayonlar va k.k. larni
qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish
borasida keng huquqlar beriladi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari ju d a keng
imkoniyatlarga ega bo ‘lib, ular mohirona va o ‘z vaqtida tashkiliy-
farmoyishli, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo‘shib
•olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |