Oltinsoy tumani Surxondaryo viloyati xududida 1981-yil 23-noyabrda Shoʻrchi va Denov tumanlari asosida tuzilgan. Umumiy yer maydini 563,74 kv. km. Aholisi 105,2 ming kishi (1996). Tuman markazi - qarluq aholi punkti, Termizdan 140 km shimoliy-sharqda joylashgan. Yaqin temir yoʻli bekatigacha (Shoʻrchi razezdi) 23 km. Tumanda 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Vaxshivor, Dugʻoba, Mirshodi, Oltinsoy, Oqar buloq, Oq oltin, Xoʻjasoat, CHAP, Qarluq), 56 ta maxalla bor. Oltinsoy Surxondaryoning shimoliy qismida serunum tekislikda joylashgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Gʻarbiy chegaralari "Keragatogʻ" etagiga tutashib ketadi. Tuman markazidan Oltinsoy daryosi, shimoldan janubga qarab «Xazarbogʻ» kanali oqib oʻtadi.
Tumanda 16 ta jamoa xoʻjaligi bor. Qishloq xoʻjaligida bogʻdorchilik asosiy oʻrin tutadi. Ayniqsa, uzumchilik rivojlangan. Bundan tashqari paxta, don ekinlar, sabzavot, poliz ekinlari xam ekiladi. Yaylovlarida qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Bobur nomidagi «, Oltinsoy», Ulugʻbek nomidagi «, Sayrak» jamoa xoʻjaliklari uzum hosili, shuningdek don mahsulotlari yetishtirishda viloyatda yetakchi xoʻjaliklardan. Paxta yetishtirishda «Paxtakor», «Xoʻjaypok», «Oqoltin» jamoa xoʻjaliklari ilgʻor. Oltinsoyda bir qancha tarixiy joylar Bor. Bulardan eng yiriklari: Degreztepa, Munchoqtepa, Qiziltepa, Qoratepa, Taragʻytepa, Jiyanbobo va boshqalar.
Qoratepa
Bu qoʻrgʻon 1971-yilda aniqlangan. 1976 yilda tekshirib koʻrilgan. Qoldigʻi toʻgʻri burchak shaklida boʻlib, shimoli — gʻarbdan janubiy-sharqqa choʻzilgan. Oʻlchami: 190x130 m. Shimoli — gʻarbida toʻgʻri burchak tarihida qalʼa boʻlgan. Qalʼa asosiy qismining balandligi 4 metr. Qalʼaning sharq tomonida qadimgi qabriston Bor. Undan uzunligi 2 metrdan ziyod silindr shaklidagi sopol sarkofag topilgan. Uning ichidan gavda suyagi, dafn buyumlari, jumladan, jez taqinchoqlar chiqdi. Kushon davriga oid sopol parchalari vetchina topilgan.
Targʻaytepa
Oltinsoy daryosining oʻng sohilidagi 1-4 — asrga doir turarjoy — shaharcha. 1968,1982 yillarda tekshirilgan. Kvadrat shaklda (50x50) qalʼasi boʻlib, burchaklarida doira shaklidagi burjlar bor, ularning balandligi 8 metrga etadi. Qarorgohning yuqori qismidan kushon podsholaridan Vasudevaya va Kanishka III davriga oid tangalar, bakteriyalik jangchining boshi, qizil angob bilan sirlangan sopol parchalari topilgan.
Oltinsoy hududida Muqaddas qadamjolar koʻp Ulug "kishilar, Aziz-avliyolar yashab oʻtgan. Hususan, tasavvuf ilmining pirlaridan boʻlgan Soʻfi Olloyor, Hoʻjaipok Ota, Said ibn Vaqqos, Movlono Zohid Xalifa Bobo kabi benazir insonlarning tabarruk xoklari shu yerda. Tumandagi koʻp qishloqlarning nomlanish tarixi Xoʻjaipok (Xoʻjai Xizr) nomi, u kishining tabbaruk lutflari, xatti — harakatlari va koʻrsatgan karomatlari bilan bogʻlangan. Xoʻjaipok otaning asl ismlari Abduraxmon Avf ibn Abu al — Qurayshiy oʻz xalifalari bilan Turkistonga kelib, bu yerda Islom dinining yoyilishiga Juda katta hissa qoʻshganlar. Aytishlaricha, islomdan avvalgi johiliyat zamonida u zotning ismi Abdulkaʼba ekan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam u kishiga Abdurahmon deb ism qoʻyganlar. Abduraxmon ibn Avf paygʻambarimizning yaqin sahobalaridan boʻlgan va hadisshunos olimlarga koʻpgina hadislar aytganlar. Ehtimol, ISO Termiziy, Imom Buxoriy hadislarida u kishining xizmatlari bordir.
Xoʻjaipok Ota ziyoratgohidagi oltingugurt suvi shifobaxshdir. Bu-suv oshqozon — ichak, jigar, yurak, Teri kasalliklarini davolashda Juda foydalidir. Ayniqsa paytda shu xududda 100 oʻrinli Xoʻjaipok davolanish maskani qurilmoqda.
Said isn Vaqqos hazrati paygʻambarimizning Ulugʻ sahobalaridan birlaridir.Bu kishi Xoʻjasoat qishlogʻini maskan tutgan. Said ibn Vaqqosning hunar oʻrganish va sanʼatga ixlosi juda baland boʻlgan. Bundan tashqari u zot oʻta mehnatkash boʻlib, xurmozor bogʻlar yaratgan, baland koʻrkam imoratlar qurdirgan. Xoʻjasoatdagi u kishining maqbaralari katta ziyoratgohga aylangan.
Soʻfi Ollohyor
“Katta Vaxshivor” jamoa xoʻjaligi hududida Soʻfi Olloyor jome masjidi joylashgan.Bu-masjid 17-asr tasavvuf ilmining bilimdoni va shoir Soʻfi Olloyor Buxorodagi Joʻybor shayxlari dargohida taʼlim olgandan soʻng murid ovlab Vaxshivorga kelgan va bu qishloqni maskan tutgan. Uning «Murod ul-orifin» («Donolar maqsadi»), «Tuhfat ul-tolibin» («Toliblar sovgʻasi»), «Maslak ul-muttaqin» («Ishonchli maslak») Kabi kitoblari xalq orasida ommalashgan. So‘fi Olloyor (1644, Kattaqo‘rg‘on bekligi Minglar qishlog‘i — 1724, Oltinsoy) — tariqat arbobi va mutasavvuf shoir. Shayxlar maktabi va Buxorodagi jo‘ybor shayxlari dargohida ta’lim olgan. O‘z davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini o‘rgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga to‘ra etib tayinlangan. Darveshona fe’l, shoirona ko‘ngil sohibi bo‘lgan So‘fi Olloyor bu lavozimdan tezda iste’fo berib, o‘z davrining mashhur shayxi Navro‘zga shogird tushgan, tariqat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga ko‘tarilgan, valiulloh (karomat sohibi) bo‘lib yetishgan. Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan So‘fi Olloyor ijodining asosiy yo‘nalishi islom ma’rifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bog‘liq g‘oyalarini targ‘ibt-ashviq qilishdan iborat. U «Maslak ul-muttaqin» («Taqvodorlar maslagi»), «Murod ul-orifin» («Oriflar murodi»), «Mahzan ul-mute’in» («Itoatkorlar xazinasi») asarlarini forsiy, «Sabot ul-ojizin» («Ojizlar saboti»), «Favz un-najot» («Najot tantanasi») masnaviylarini turkiy tilda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa she’rlari ham mavjud. «Mevalar munozarasi» nomli manzuma ham unga nisbat beriladi. So‘fi Olloyorning shoh asari «Maslak ul-muttaqin» bo‘lib, 12 ming bayt, 135 ta katta-kichik bobdan iborat. Ilohiy ma’rifatning badiiy talqiniga bag‘ishlangan bu asar el orasida shuxrat tutganidan so‘ng do‘stu yaqinlari undan turkiy tilda ham shunday bir kitob yozishni iltimos kiladilar. Bunta javoban u «Maslak ul-muttaqin»ni birmuncha qisqartirib, o‘zbek tilida nazmda bitgan va unga «Sabot ul-ojizin» deb nom bergan. O‘zbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi bo‘lmish ushbu asarda tasavvuf ta’limotining ma’naviy-axloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa ko‘shgan. Asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birma-bir ta’riflab bergan. Axloqiy-ta’limiy ahamiyati jihatidan, xususan, «Maslak ul-muttaqin» va «Sabot ul-ojizin» asarlari maktab va madrasalarda asosiy darsliklar qatorida o‘qitilib kelgan. Uning diniy-tasavvufiy ruhdagi pandu hikmatga yo‘g‘rilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulg‘or, Orenburg va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular ko‘p nusxalarda ko‘chirilgan. 19-asrning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yo‘li bilan bir necha marta bosilib chiqqan. So‘fi Olloyor asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bag‘ishlab sharhlar yozilgan, lug‘atlar tuzilib, u qo‘llagan tasavvufiy istiloh-timsollar keng sharhlangan. Soʻfi Olloyor masjidi 1713 yilda qurilgan. Masjidning umumiy hajmi 14,0 x16, 2 m Xonaqoh (11,1 x9, 7), ikki tomoni ayvon va qoʻshimcha xonalardan tashkil topgan. Xonaqoh va ayvon tomi toʻsin bilan yopilgan. Sinchli paxsadan qurilgan. Shimoliy — sharqiy tomoni hashatli boʻlib, mehrobsimon ravoqlar ishlangan. Eshiklar tepasidagi tabadonlar ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Xonaqohdagi mehrob ravoqi ancha chuqur boʻlib uning ikki tomonidagi toʻrt ravoqqa boʻrtma chiziqlar tortilgan. Bunday bezaklar janubiy — gʻarbiy ayvon devorida xam bor. Ayvondagi 7- va honaqohdagi 6-ustun oʻyma va rangli naqshlar bilan bezatilgan. 1961 yildagi tamir davrida ustunlari va deraza panjaralari qayta ishlangan. Masjid shiftlarida, ustunlarida Tojik va Oʻzbek tillarida turli zamonlarda har hil maʼrifatli kishilar qoʻli bilan bitilgan dasthatlar bor.Masjid hovlisida Soʻfi Olloyor davrida ekilgan tut koʻkarib turibdi. Katta Vahshivor mozorida Soʻfi Olloyorning qabri aynan Qaysi ekanligi hammaga xam maʼlum emas. Bu odamlardan sir tutilgan. Soʻfi Olloyorning avlodi boʻlmish Muzaffarhon Umarov Hozirgi paytda katta Vaxshivor qishlogʻida maxalla qoʻmitasi oqsoqoli boʻlib ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |