Bog'liq Elektr ta\'minoti fanidan Mavzular to\'plami
Asinxron va sinxron motorlar himoyasi. Reja : 1. Asinxron motorning katta toklardan tokli himoyasi.. 2 . Sinxron motorlar himoyasi.
0 ‘ta yuklanish toki I ishga tushish toki 7.sh max ga teng qilib olinadi. Saqlagichning eruvchan qismidagi tok I nom quyidagi shartlar asosida tanlanadi: 1eqnom ots ish max 3 ; I > /. K . . eq nom о у о у Quvvati 2000 kW dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun 2 ta releli sabr vaqtisiz tokli kesim ishlatiladi, quvvati 5000 kW dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun TK 3 ta rele yordamida bajariladi. Ichki qisqa tutashuvdan quvvati 2 MW va undan katta bo‘lgan motorlar uchun differensial tokli himoya (chunki motor ta’minlash manbasidan uzoqda joylashgan) qo‘llaniladi. Agar MTX talab qilingan sezgirlikni ta’minlamasa, bir fazali qisqa tutashuvdan himoya bir transformatorli nol ketma-ketlik filtriga ulanadi. Differensial tokli himoya quvvati 2 MW va undan katta bo‘lgan motorlar uchun ishlatiladi. Asinxron motorning maksimal tokli himoyasi bevosita ta’sir etuvchi releli, bilvosita ta’sir etuvchi releli qilib bajariladi. Betaraf nuqtasi yerdan izolatsiyalangan tarmoqlarda ishlovchi motorlarning himoyasi faqat ikki fazali qisqa tutashuvlarda ishga tushadi. Himoya, odatda, ikki fazali va bir releli qilib bajariladi.
6.13-rasm. Asinxron motorlar TK sxemalari . Asinxron motorning katta toklardan tokli himoyasi. Himoya, odatda, sabr vaqti xarakteristikasi tokka qismanbog‘liq bo‘lgan (6.13-rasm) tok relesi yordamida bajariladi. Himoyaning ishlash toki motorning nominal tokini hisobga olgan holda aniqlanadi. Sabr vaqti topilayotganda ikki shartning bajarilishi hisobga olinadi: - me’yorli ishga tushirishda yoki o‘z-o‘zidan ishga tushishida ishlab ketmasligi; - chulg‘am qizib ketmasligi. Odatda, bular bir-biri bilan bog‘langan, ishga tushish va o‘z-o‘zidan ishga tushish vaqti 10-15 sekundni tashkil qiladi, shuning uchun tok relesining maxsus turlari kerak bo‘ladi. Katta quvvatli kuchlanishi 1000 V dan yuqori motorlar uchun differensial tokli himoya qo‘llaniladi. Differensial tokli himoya. Quvvati katta bo‘lmagan motorlarda differensial tokli himoya, odatda, ikkita tok relesi orqali ikki fazali qilib bajariladi.
Bunda sezgirlik darajasi yetarli yuqori bo‘ladi: r(2> К I P O C F 6.14-rasm. 0 ‘zgaruvchan va o‘zgarmas operativ tokda ishlovchi sxemalar 139 / z=(l,5 - 2) Inom (ikki fazali qisqa tutashuvda). Quvvati (5000 kW va undan yuqori) motorlar uchun: - sezgirlikni oshirish uchun differensial zanjirda to‘yingan tok transformatorli tok relesi qo‘llaniladi; - differensial himoya uch fazali qilib bajariladi. Betaraf nuqtasi yerdan izolatsiyalangan tarmoqlar uchun nol ketma-ketlik himoya toklari filtriga ulanadi. U, odatda, nol ketma-ketlik tok transformatori yordamida bajarilib, motor ulangan kabellarga ulanadi. Himoya sabr vaqtisiz o‘chirishga ta’sir etadi. Asinxron motorlar uchun minimal kuchlanishli himoyaning vazifasi o‘ta muhim motorlarning o‘z-o‘zidan ishga tushish shartini ta’minlash o‘z-o‘zidan ishga tushish mumkin bo‘lgan holatda motorning qizib ketishining oldini olish hamda texnologik jarayon va texnika xavfsizligi shartlarini ta’minlashdir. Himoyaning sabr vaqti o‘ta muhim motorlarning o‘z-o‘zidan ishga tushishini ta’minlash sharti bo‘yicha tanlanadi va ishlash vaqti imkoni boricha kichik bo'lishi kerak. Boshqa tomondan, kuchlanishning qisqa vaqtli pasayishlarida motorlami o‘chirish mumkin emas. Shuning uchun t~ 0,5 s yetarli hisoblanadi. Texnologikjarayon va texnika xavfsizligi bo‘yicha motorlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan himoyaning sabr vaqti shunday tanlanishi kerakki, bunda ular tarmoqda kuchlanish uzoq vaqt davomida pasayganda yoki yo‘qolganda ishlasin. Odatda, bu t=9 + 10 s ni tashkil etadi. Himoyaning ish kuchlanishi tashqi qisqa tutashuv o‘chirilgadan so‘ng o‘z-o‘zidan ishga tushishni va minimal kuchlanish relesi qaytarishni ta’minlash shartlari bo‘yicha tanlanadi: U ~ (0,6-0,7) t/ . s.z v 7 7 ' nom Agar himoya muhim motorlami o‘chirishi kerak bo‘lsa, unda qo‘shimcha ishga tushirish uskunasi ko‘zda tutiladi: U к (0,45-H),5)1/ . s.z 4 7 7 ' nom Sinxron motorlar himoyasi. Sinxron motorlarning shikastlanishi ko‘p fazali va bir fazali qisqa tutashuvlar ta’sirida bolishi mumkin. Ulardan himoya sabr vaqtsiz qilib bajariladi. Sinxron motorlardagi 1 fazali qisqa tutashuvlardan himoya asinxron motorlar himoyasiga o‘xshab, himoyaviy o‘chirishga ta’sir etadi. Sinxron motorlarning me’yorida bo‘lmagan ish tartiblari quyidagilardan iborat: - yuklamaning ortishi; - ishga tushish vaqtining uzoq davom etishi; - asinxron tartib. Sinxron motorlarning yuklama ortishidan himoyasi asinxron motorlar himoyasiga o‘xshab bajariladi. Sinxron motorning sinxronlikdan chiqib ketishi oqibatida asinxron tartib sodir bo‘ladi. Bu quyidagilar natijasida bo‘lishi mumkin: - tarmoqdagi kuchlanish pasayishi; - qo‘zg‘atish tokining kamayishi; - yuklamaning ortishi. Sinxron motor uzoq asinxron tartibga mo‘ljallanmagan. Shuning uchun asinxron tartibda himoya o‘matiladi. Muhim bo‘lmagan motorlarda himoya o‘chirishga ta’sir etadi. ОЧа muhim motorlarda himoya sinxrondan chiqish qurilmasiga, avtomatik yuklamani olish yoki o'chirishga ta’sir etadi. Sinxron motorlarning himoya turlari asinxron motorlarnikiga o‘xshagan bo‘ladi. Sinxron motorning asinxron tartibdan himoyalash sxemalari (6.14-rasm) o‘zgarmas va o‘zgaruvchan operativ toklarda bajariladi.
Nazorat savollari 1. Asinxron motorlar himoyalarini bilasizmi? 2. Asinxron motorlar uchun minimal kuchlanishli himoya nima uchun qo‘llaniladi? 3. Himoyaning sabr vaqti va ish kuchlanishi qanday tanlanadi? 4. Sinxron motorlarda qanday himoyalar qo'llaniladi?