Bolalarga hisoblash usulini o`rgatish
Bolalar arifmetik amallarni ifoda etishga va uni asoslab berishga o`rganib olganlaridan keyin ularni hisoblash usullari bilan tanishitirish mumkin. Ular qo`shish va ayirishni 1 ni qo`shib va ayirib o`rganib olishlari kerak. Ushbu usullarni egallab borishda bolalar qo`shni sonlar o`rtasidagi bog`lanish va munosabatlarni tushunishga hamda sonlarning birliklardan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim.
Arifmetik amallarni ifoda etishga o`rgatish jarayonidagi mashg`ulotlarning bir qismi qo`shni sonlarni solishtirish va sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi bilishlarni mustahkamlashga ajratiladi. Bolalarga hisoblash usullarini qanday o`rgatish mumkin? Rasm - illyustratsiya bo`yicha quyidagi masalani tuzishni taklif etish mumkpn: "Yuqoridagi simga 5 ta chumchuq, pastdagisiga 2 ta chumchuq qo`nib turibdi,. Simlarda nechta chumchuq qo`nib turibdi?" Masalani muhokama qilayotib, bolalar masalani echish uchun 5 ga 2 ni qo`shish kerakligini aniqlaydilar. Ularing barcha chumchuqlarni bir yo`la sanab chiqishlarining odini olib tarbiyachi: "Biz qanday qilib qo`shamiz?" - deb so`raydi. Bolalar odatda "Sanash kerak" - deb javob beradilar. Tarbiyachi: "Yuqoridagi simda - nechta chumchuq turibdi?" - deb so`raydi. - "5 ta chumchuq". - Agar biz yuqoridagi simda 5 ta chumchuq qo`nib turganini bilsak, sanashning nima keragi bor? 5 ga 2 ni qo`shish kerak: 5 ga 1 ni qo`shsak, 6, 6 ga 1 ни qo`shsak 7, 5 ga 2 ni qo`shsak 7 bo`ladi. Simlarda nechta chumchuq qo`nib turibdi?" Bolalar javob beradilar. Tarbiyachi bittalab qo`shishni o`rganishlarini aytadi va 5 ga 2 ni qanday qo`shish kerakligini esga olishni taklif qiladi. Bolar bittalab qo`shishni o`rganib olganlaridan keyin ayirishga oid masalalarni echishda u bittalab ayirishni ko`rsatadi.
Ayirish usulini quyidagicha ifodalash lozim: 1tasi kam 5 - bu 4, 1 tasi kam 4 - bu 3.
Keyinchalik bolalar 3 ni qo`shadilar va ayiradilar. Bolalarni arifmetik amallari ifoda etishni hisoblash usullaridan farq qila bilishga o`rgatish uchun qo`shishda - "ga", ayirishda - "dan" qo`shimchalaridан foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar hisoblash vaqtida olingan javob bilan birga (5 qo`shuv 3 barobar 8) arifmetik amallarin takrorlaydilar, shundan keyingina ular masala savoliga javob beradilar.
Dastlab bolalar ko`rsatma material asosida, keyinroq - miyada sonlarning to`g`ri va teskari ketma - ketligi haqidagi bilimlari hamda ular o`rtasidagi bog`lanish va munosabatlarni tushunishga asoslanib hisoblaydilar.
Yil oxirida bolalar masala tuzishni, undagi shart va savolni farq qila bilishi, berilgan sonlarni ajratib olishni, ular o`rtasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlashni, arifmetik amallani to`g`ri to`plashni vа ifoda etishni, hisoblash usullaridan foydalanib, harakat natijasini topishni va masala savoliga to`liq javob berishni bilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |