Olti azoli va ikki geteroatomli geterohalqali birikmalar Reja
Olti azoli va ikki geteroatomli geterohalqali birikmalar
Reja:
Geterosiklik birikmalarning asosiy siniflari.
Ayrim vakillari va ularning fizik kimyoviy xossalari.
Alkaloidlar .
1. Getero siklik birikmalar deb: molekulasida uglerod atomlaridan tashqari bir yoki bir nechta boshqa element atomlari bo’lgan siklik birikmalarga aytiladi.
Geterosiklik birikmalarning besh va olti azoli sikldan tashkil topgan xillari nisbatan keng tarqalgan . Bular tuzulishi va xossalari jixatdan karbosiklik birikmalardan farq qiladi va barqaror birikmalar hisoblanadi. O’zlarining xossalari jixatdan benzolga yaqin turadi yani aromatik xususiyatga ega bo’ladi.
O’simlik xlorofili,geteroauksin, indigo, pentsilin, vitaminlar alkaloidlar va pegmentlar geterosiklik birikmalardan iborat.
Geterosiklik birikmalarning asosiy sinflari quyudagicha:
2. 5 azoli 2 ta geteroatomli birikmalar.
1. 5 azoli 1 ta geteroatomli birikmalar.
4. 6 azoli 2 ta geteroatomli birikmalar.
3. 6 azoli 1 ta geteroatomli birikmalar.
5. Ikki halqali geterosiklik birikmalar
6. Uch halqali geterosiklik birikmalar
Pirrol: rangsiz, havoda tez oksidlanadigan beqaror suyuqlik. Uning qaynash temperarurasi 131 ‘C. Pirrol suvda yomon lekin spirt va efirda oson eriydi. Pirrol furan tiofin halqalari o’zaro genetik o’xshash bo’ladi . Y.K.Yuryevning ko’rsatishicha furan bug’uni sulfid yoki ammiak bilan aralashtirib 450-500 ‘C da Al2O3 ustidan o’tkazilsa ular biridan ikkinchisiga o’zgarib turadi.
Pirrol va uning hosilalari aromatik xossalarni yaqqol namoyon
qiladi. U o‘z xossalari jihatidan fenolga ham o‘xshaydi. Pirrol xlor,
brom, hattoki, yod bilan oson elektrofil o‘rin almashinish
reaksiyasiga kirishadi. Masalan, ishqoriy muhitda yodlashda
pirrolning to‘rtta vodorodi yodga almashinadi, natijada 2,3,4,5
tetrayodpirrol hosil bo‘ladi:
Oqsillar tarkibidagi prolin, oksi prolin va tri ptofan, qon gemoglobini, yashil o‘simliklar pigmenti— xlorofill pirrol va uning hosilalaridir.
Pirrol va uning hosilalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib ularga:Oqsillar tarkibidagi prolin, oksi prolin va tri ptofan, qon gemoglobini, yashil o‘simliklar pigmenti— xlorofill kabilar kiradi.
Qon oqsili - gemoglobin
Piridin — bir geteroatomli olti a’zoli geterotsikllarning eng muhim vakili bo‘lib, o‘ziga xos yoqimsiz hidli suyuqlik.
Qaynash temperaturasi 115°C. Suv bilan har qanday nisbatda
aralashadi. Piridin yadrosi ko‘pgina tabiiy birikmalar — alkaloidlar,
vitaminlar tarkibida uchraydi. Sanoatda piridin va uning gomologlari toshko‘mir smolasidan ajratib olinadi. Piridin asos xossasiga ega, uning suvli eritmasi lakmusni ko‘kartiradi.Piridin suv bilan ammoniy gidroksidga o‘xshash birikma hosil qiladi:
Piridinning hosilalari tirik organizmda sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Vitamin PP — nikotin kislotaning amidi bo‘lib, pellagra kasalligini davolashda ishlatiladi. Izoniazid esa sil kasalligini davolashda ishlatiladi.
Vitamin B6 (piridoksin) ham piridinning hosilasidir. Organizmda piridoksin fermentativ oksidlanish-qaytarilish va aminokislotalarni dekarboksillash jarayonida katta rol o‘ynaydi.
Alkaloidlar — tarkibida azot atomi tutgan, asos xossalariga ega bo‘lgan, ayrim o‘simliklar tarkibida uchraydigan, odam va hayvon organizmiga kuchli fiziologik ta’sir qiladigan murakkab organik birikmalardir. Ko‘pgina o‘simlik ekstraktlarining shifobaxsh va zaharlixususiyatlari juda qadim zamonlardan ma’lum. Fransuz farmatsevti Segen (1804-yili) tozalanmagan morfinni, nemis farmatsevti Sertyurner (1906-yili) toza morfinni, rus olimlaridan F. I. Gize (1815-yili) xininni, A. A. Voskresenskiy (1842-yili) teobrominni ajratib oldilar. Alkaloid konining tuzilishi 1886-yilda aniqlangandan so‘ng alkaloidlar kimyosi keng rivojlanib ketdi. Hamma o‘simliklar alkaloid saqlamaydi. Ko‘knoridoshlar, dukkaklilar, ayiqtovonguldoshlar, zirkdoshlar kabi oilalarga kiruvchi o‘simliklar alkaloidlarga boydir.
Nikotin. Tamaki (Nicotiana tabacum) o‘simligining bargi va ildizida uchraydigan, suvda yaxshi eriydigan moysimon suyuqlik. U eng zaharli alkaloidlardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligida kontaktin sektitsidi sifatida ishlatiladi.
Anabazin. O‘rta Osiyoda o‘sadigan Anabasis aphyhla“ zaharli o‘simlikning asosiy alkaloidi bo‘lib, rangsiz, moysimon, kuchli zaharli suyuqlikdir. 1929-yilda anabazinning tuzilishini A. P. Orexov aniqlagan. Anabazin nikotin singari qishloq xo‘jaligida kontakt insektitsidi sifatida ishlatiladi.
Galantamin — uni akademik S. Y. Yunusov maktabida Surxondaryo viloyatida o‘sadigan Unqernia victoris“ (Omon qora) o‘simligining yer ustki qismidan (Toshkent kimyo farmatsevtika zavodida) olinadi. Galantamin vodorod bromid tuzi tibbiyotda bolalarni shol kasalliklaridan (poliomiyelit) davolashda ishlatiladi. Uni xlorid kislota bilan ishlab, metilopogalantamin preparati
olinadi, u qon bosimni tushiruvchi dori sifatida keng ishlatiladi.
Kofein — choy bargini qayta ishlash sanoatida choy barglari
chiqindisidan olinadi. U oq kristall bo‘lib, 234—237°C eriydi,
tibbiyotda markaziy nerv sistema ishlarini yaxshilashda keng
ishlatiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |