Olov bardosh qurilish materiallari



Download 67,56 Kb.
bet4/6
Sana15.04.2022
Hajmi67,56 Kb.
#554105
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHERMATOV ELYORBEK 202-SHQX Olov bardosh qurilish materiallari

Tuproqlarning pishish darajasi miqdoriy jihatdan haroratga oid pishish oralig'i hamda pishib chiqish holati oralig'ini tavsiflaydi. Haroratga oid pishish oralig'i deb, o ‘ta pishib ketish alomatlari kuzatilishi harorati (erib suyuqlanish yoki ko'pchish) bilan kuydirilayotgan tuproqning jadal ravishda zichlashuvi boshlangan pishish boshlanishi harorati orasidagi farqqa aytiladi.

OLOVBARDOSH MATERIALLARNING ISHLATILISH SOHASI

Olovbardosh buyumlar ishlab chiqarishda granulometrik tarkibni ham hisobga olish zarur. Shunday qilinganda zich va mustahkam olovbardosh buyumi olinadi.Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda avvalo xom mahsulot quritiladi. Hozirgi paytda mahsulotlarni quritish jarayoni z a monaviy, q o ‘l kuchi va qo'l mehnatidan xoli bo'lgan kamera, k o n veyer yoki tunnel quritgichlarda 360—390°C issiqlik yordamida olib boriladi. Quritish vaqti ham texnika taraqqiyoti zaminida borgan sari qisqarmoqda.

Olovbardosh buyumlar ishlab chiqarishning tipik sxemasi xomashyo (o'tga chidamli tuproq, kaolin, magnezit, kvarsit va boshqa) larga oldindan ishlov berish, pishgan yarimfabrikat olish uchun ularni (kvarsitlardan tashqari) kuydirish, maydalash, bog'lovchi komponent (shamotli olovbardosh buyumda tuproqlar, dinasli olovbardosh buyumda ohakli suv va boshqa) larni qo'shish, ularni aralashtirish, og'irligi 3—25 kg li buyumlar olish uchun shakllash (presslar yordamida yoki boshqa usullarda), qoliplardan chiqarilgan buyumlarni tunnel yoki boshqa pechlar yordamida 1300—1750°C li haroratda kuydirish. Kuydirilmasdan ishlab chiqariladigan olovbardosh buyumlar ham mavjud. Ular ko'pincha yirik blokli ko'rinishda bo'ladi. Yana eritib olinadigan olovbardosh buyumlar ham bor. Shakllantirilmaydigan olovbardosh materiallar ishlab chiqarilishida jarayon ularni maydalash va komponentlami aralashtirish bilan tugaydi.

Olovbardoshli g'ishtlar asosan, qora metallurgiya sanoatida cho'yan va po'lat eritiladigan domna, marten, kislorodli konvertor va elektr pechlaming ichki devorlariga ishlatiladi. Shuningdek, po'lat quyish qurilmalaming cho'mich, stakan, probka va vtulkalari kabi qismlari ham shunday materiallardan yasaladi. Sanoatdagi pechlarning yoki qo'ralarning poydevori va devorlariga ham shamot, mullit-korund, korund kabi materiallar ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda metall eritish kombinatlari prokat sexlarning ulkan isituvchi pechlarida korund va mullit kabi materiallami qo'llash katta iqtisodiy samara bermoqda.Dinas g'ishtlar issiqlik ta’sirida 15% kengayadi. Shunga ko'ra ular hamma vaqt yuqori harorat ta’sirida bo'ladigan inshootlarning gumbaziga, havo isitgichlarning issiqlik tarqatuvchi qismlariga ishlatiladi. Pechlarning tez yemiriladigan qismlari, po'lat quyish stakanlari magnezitli g'ishtlardan teriladi. Rangli metallurgiya sanoatida o'tga chidamli materiallar qora metal-Iurgiyadagiga nisbatan kamroq ishlatiladi. Jumladan, mis eritiladigan konvertor pech devori magnezitli g'ishtdan teriladi va shlaklar ta ’siriga chidamliligini oshirish maqsadida yuzaga yupqa qatlam magnetitli material qoplanadi. Yoqilg'ida ishlaydigan qo'ralar, shu jumladan, aluminiy eritiladigan pechlar, shuningdek, platina, titan, palladiy, ruteniy kabi metallar eritiladigan tigellar uchun sirkonli g'ishtlardan foydalaniladi.Yuqorida aytib o'tilgan mahsulotlaming o 'ndan bir qismi sanoat qurilishlarida ishlatiladi. Masalan, g'isht pishiriladigan pechlar, ya’ni davriy va uzluksiz ishlaydigan xumdonlar asosan, shamot va dinas g'ishtlardan quriladi.


Download 67,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish